So’nggi yangiliklar

11:54"Бавария" Виктор Осимхенни сотиб олиши мумкин  0 11:25Ўзбекистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси "Андижон"га ўтмоқда  4 11:22Жозе Моуринью Португалия терма жамоасини бошқаради  2 10:50Ёрқин Назаровга янги мавсумда беларуслик мураббий кўмаклашади  0 10:05Арне Слот: "VAR фақат аниқ ҳолатларда ишлаши керак"  1 09:50Владимир Бубаня: "Андижон" билан кечган сценарийни яна такрорлашни истайман"   0 09:07Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов кеча неча баҳо олди?  3 08:41Францис Нарх, "Андижон" ҳимоячиси ва бразилиялик футболчи Самарқанд клуби йиғинида қатнашмоқда   0 08:12"Андижон" ва "Бухоро" собиқ футболчиси "Металлург" мураббийлар штабига қўшилди   0 07:33Жоржо Кьеллини: "VAR тизими ўзгариши шарт, бундай хатоларни қабул қилиб бўлмайди"  2 06:57Назорат учрашуви. "Металлург" - "Каттақўрғон" муроса кўчасини танлади  0 02:58ЛаЛига. "Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади  33 02:54Англия Кубоги. "Ливерпуль" қийинчиликсиз "Брайтон" тўсиғидан ўтди  2 02:43А Серия. Миланда драма: қизил карточка, 5та гол - "Derby d'Italia"да "Интер" ғолиб!  27 00:58Рафинья сафга қайтишга яқин  4

“Qo'qon-1912”: Rasmiy saytda texnik nosozlik Yangiliklar

“Qo'qon-1912”: Rasmiy saytda texnik nosozlik

Malumki jamoamiz bu yildan yana oliy ligada ishtirok eta boshladi.

SHunga munosib ravishda rahbariyat va matbuot xizmati bo'limi klubning rasmiy saytini yangicha dizaynda qilish borasida kelishib oldi va bu borada mutaxassislar bilan muzokara o'tkazib, rasmiy kelishuvga erishildi. 

O'tgan yili faoliyat yuritgan rasmiy saytimizda esa xosting bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan. Buning uchun jamoamizning chinakam muxlislaridan uzur so'raymiz va muammoni yaqin orada bartaraf etilishini takidlaymiz. 

“Qo'qon-1912” FK rahbariyati yaqinda “championat.asia” bilan hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishdi. O'zbekistonda o'z o'rniga ega bo'lib ulgurgan “CA”da jamoamizga oid turli yangiliklar berib boriladi.

Garchi jamoamizning rasmiy veb sayti vaqtincha faoliyat yuritmayotgan bo'lsada, bu klub matbuot xizmatining ishlamayapti degani emas.

 SHu o'rinda“Qo'qon-1912” matbuot xizmati yana shuni malum qiladiki, jamoamizga oid hamda klubning uy va safardagi o'yinlaridan turli xabar va yangiliklar “twitter/fckokand1912”, “facebook/FC Qo’qon” hamda “Instagram/fckokand1912” dagi rasmiy sahifalarimizda berib borilmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahilarimizni kuzatib boring va klubimizga oid eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling.

Futbol eng avvalo muxlislar uchun! “Qo'qon-1912” futbol klubi ham ashaddiy ishqibozlarini doimo qadrlaydi va ularning qo'llab-quvvatlab turishi juda muhim ekanligini his etadi.


“Qo'qon-1912” matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика