So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

"Qo'qon-1912" prezidenti: "Markaziy" stadion holatini yaxshilash yo'lida ishlar boshlandi” Yangiliklar

"Qo'qon-1912" prezidenti: "Markaziy" stadion holatini yaxshilash yo'lida ishlar boshlandi”

Professional futbol ligasining stadionlarni tekshirish komissiyasi ayni vaqtda vodiyda bo'lib turibdi. Komissiya bugun 21 noyabr kuni “Qo'qon-1912” klubiga tashrif buyurdi.

Futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash ishlari boshlanmay turib aytish kerakki, “Qo'qon-1912” klubining uy stadioni maysasi PFL talablariga javob bermaydi. Tashkilot yil davomida klubni ogohlantirib kelganiga qaramay, bu borada biror siljish ko'rinmadi. Endilikda sankciya jiddiy bo'ladi. Agar “Qo'qon-1912” klubi stadioni maysasi borasida dekabrdanoq ish boshlamasa va har 10 kunda PFLga hisobot topshirib turmasa, klub Superliga o'yinlariga qo'yilmaydi. Ish boshlangan taqdirdagina jamoa Superligadagi ishtirokini shartli ravishda davom ettirishi mumkin bo'ladi.

- Bu masaladan xabarim bor. Hozir PFLning stadionlar masalasi bo'yicha komissiyasi bilan birgalikda maydonni ko'zdan kechirmoqdamiz. Ular mavjud barcha kamchiliklarni qayd etishyapti.

Maydonimizning asosiy muammosi chimda. Tan olaman, uning holati talabga javob bermaydi. SHuning uchun ham stadion chimini yaxshi holatga keltirish yuzasidan ish boshladik”, — deb aytib o'tdi “Qo'qon-1912” klubi klub prezidenti Baxtiyor Tolipov PFL matbuot xizmati bilan suhbatda.

“Bizda bundan tashqari stadion projektorlari bo'yicha ham muammo bor. Hozirgi holat talabga javob berishi mumkin, biroq stadionlar bo'yicha yangi reglamentda yoritish tizimini yanada kuchaytirish masalasi aks etar ekan”, deb fikrini davom ettirdi klub prezidenti.

2019 yilgi mavsumda Superliga va Pro-liga klublari o'z akademiyasini ishga tushirishi shart. Busiz klublar musobaqaga qo'yilmaydi. Eng kamida futbol klublari akademiya uchun ajratiladigan yillik smetani taqdim etishi va smeta bo'yicha pullar bolalar futboliga yo'naltirilganini isbotlab berishi lozim.

“Akademiya qurish ishlari davom etmoqda. Hozirda faqat yuqorida aytib o'tilgan muammolar ustida ishlamoqdamiz. Yangi mavsumni to'liq tayyorgalik bilan boshlashga bel bog'laganmiz”, — deydi “Qo'qon-1912” klub prezidenti Baxtiyor Tolipov.

Malumot uchun, licenziyalash talabidan kelib chiqib futbol klublari birinchi navbatda infratuzilmaga etibor qaratadi va shundan keyingina asosiy tarkib uchun futbolchilarni jalb qiladi. Yuqoridagi masalalar bo'yicha ish boshlanmay turib “Qo'qon-1912” klubiga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish man etiladi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика