"Qo'qon-1912" o'z maydonida "Andijon" bilan durang o'ynadi
11 apr 2015 17:54
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" o'z maydonida "Andijon" bilan durang o'ynadi
11 aprel 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar: H.Ro'ziev, O.Abduvosilov, A.Kalinin, A.Rubakov.
Nazoratchi: A.Abdullaev.
Komissar: Baxtiyor Mametov.
"Qo'qon-1912":
16. Andrey Baklanov, 3.Xasanboy Ergashev, 5.Jalil Kimsanov, 11.Doniyor
Usmonov, 17.Aziz To'xtaboev (S) (9.Nosir Otaqo'ziev, 38), 18.Sardor
Eminov, 22.Orif Mamajonov (19.Vladimir Argun, 71), 23.Furqat Hasanboev,
24.Ilya Ilin, 28.Aleksey Nikolaev, 29.Igor Golban.
Zaxira: 12.Aziz Ashurov, 4.Qahramon Maxamadjonov, 7.Izzat G'aniev, 8.Nodirbek Qo'ziboev, 15.Maruf Zokirjonov.
"Andijon": 12.Gennadiy
Moshnyaga, 3.Davron Tursunov, 6.Ibrohim Otaxonov, 10.Predrag Vuyovich,
11.Abdumalik Abdullaev, 17.Timur Vasilev, 18.Rustam Azamov (7.Asqar
Jadigerov, 60), 21.Javlon Guseynov, 23.Sanjar Asqaraliev, 28.Rasul
Rahmonov (S), 70.Farrux SHotursunov ( 8.SHukur Jumaboev, 74).
Zaxira: 1.Eldor Isaboev, 9.Lochin Soliev, 14.Abdulatif Abduqodirov, 19.Doniyor Usmonov, 33.Umrillo Ramozonov.
Ogohlantirishlar: Orif Mamajonov, 27. Davron Tursunov, 35.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Etiboringiz uchun tashakkur! Salomat bo'ling!
Uchrashuv tugadi. SHu tariqa vodiy derbisida nursiz durang qayd etildi.
90+3. O'zgarish. Abdumalik Abdullaev o'rniga Abdulatif Abduqodirov maydonga tushdi.
90. Bosh hakam ikkinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
89. Mezbonlar asosiy etiborini hujumga qaratmoqda.
87. Doniyor Usmonov raqibi Asqaralievdan to'pni olib qo'ydi. Ammo zarba ko'ngildagidek chiqmadi.
86. Jarima zarbasini Eminov amalga oshirdi. Jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni mehmonlar qaytarishdi.
85. Ogohlantirish! Guseynov raqibi Argunga nisbatan qo'pol xarakat qildi. Hakam esa Javlonni sariq kartochka bilan "siyladi".
83. Abdumalik Abdullaevning xarakatlari xavfli ko'rinish olmoqda. Uning jarima maydoni ichida darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng to'pni Hasanboev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
81. Andijon teleradio kanali ijodkorlari ham o'yinni tasvirga olish uchun Qo'qonga tashrif buyurgan.
80. Bugungi o'yinni stadionda 5ta video kamera tasvirga olayotganini aytib o'tish lozim!
79. Umuman olganda Xasan Ro'ziev bugun futbolchilarni ortiqcha ayab o'tirmayapti.
78. Ogohlantirish! Endi "Qo'qon-1912" futbolchisi Nosir Otaqo'ziev hakam tomonidan ogohlantirildi.
74. O'zgarish! Farrux SHotursunov o'z o'rnini SHukur Jumaboevga bo'shatib berdi.
73. Ogohlantirish! Gennadiy Moshnyaga. Hakam uni o'yin vaqtini suniy ravishda cho'zayotganlikda aybladi.
71. O'zgarish. Orif Mamajonov o'rniga Vladimir Argun tushdi.
68. ZARBAAAAAAAAAA! Abdumalik Abdullaev raqibi Golbandan o'tib ketib, tahminan 10 metrlardan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Baklanov yana mahorat ko'rsatdi.
65. Nikolaev chap qanotga o'tib faollik ko'rsatdi. Qarshisidagi raqibini aldab o'tib, to'pni Mamajonovni uzatdi. Orif esa to'pni yana jamoadoshining o'ziga qaytarishda biroz noaniq xarakat qildi.
63. Asqarning o'zi jarima zarbasini amalga oshirdi. Baklanov o'z o'rnida.
62. Asqar Jadigerovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi.
61. Markazda Nikolaev - Jadigerov qarama-qarshiligini ko'ryapmiz.
60. O'zgarish. "Andijon". Rustam Azamov o'rniga Asqar Jadigerov tushdi.
58. Orif Mamajonov chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Havolatib uzatilgan to'pni Moshnyaga ushlab oldi.
55. ZARBAAAA! Usmonov jamoadoshi Otaqo'zievga pas oshirdi. Nosirning kuchli zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi. Zarba xavfli ko'rinish oldi.
50. Mezbonlar ustunlikni o'z qo'liga olishga intilmoqda. CHunki ular bugun o'z muxlislari qarshisida o'ynamoqda va ularni faqat g'alaba qoniqtiradi.
48. Rasul Rahmonovning jarima maydoni tashqarisidan turib bergan zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.
47. "Burgutlar"ning tezkor hujumchisi Abdumalik Abdullaev chaqqon xarakatlari bilan raqib himoyachilarini sarosimada ushlab turibdi.
46. Mezbonlar to'pni o'yinga kiritgan xolda, ikkinchi taymni boshlab berishdi.
Ikkinchi bo'lim star olish arafasida. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
45+1. Birinchi taym yakunlandi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'lim to'xtalishlari uchun bosh hakam 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
Bu vaziyatda stadion larzaga keldi.
42. ZARBAAA! Timur Vasilev uchrashuvda hisobni ochishi mumkin edi. Ammo to'p ustunga tegib qaytdi.
41. CHap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Abdullaev bosh bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.
40. "Qo'qon-1912" tarkibida sardorlik masuliyati Andrey Baklanovga topshirildi.
39. O'zgarish. "Qo'qon-1912". To'xtaboev o'rniga Otaqo'ziev maydonga tushdi.
37. ZARBAAAA! Igor Golbanning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng "Andijon" posboni to'pni ushlab oldi.
36. To'xtaboevning jaroxati jiddiy bo'lib chiqdi. Uning o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushadi.
35. Ogohlantirish! "Andijon" himoyachisi Davron Tursunov maydon markazida Aziz To'xtaboevga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
34. Xavfli vaziyayayat! To'xtaboev jamoadoshi Usmonovni qulay pas bilan taminladi. Ammo Doniyor darvoza tomon zarba berganidan so'ng to'p qarshisidagi raqibiga tegib qaytdi.
31. mezbonlar jarima maydoni ichida to'p uchun kurashda Baklanov bilan Abdullaev to'qnashib ketti. SHifokorlar tajribali posbonga tibbiy yordam ko'rsatmoqda.
27. Ogohlantirish. Orif Mamajonov.
20. O'ng qanotdan jarima maydoni ichiga havolatib uzatilgan to'pni Nikolaev bosh bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo to'p ustun yonginasidan o'tib ketti.
18. Andijondan ham bugun mingga yaqin ishqibozlar "Markaziy" stadionga tashrif buyurganini aytish lozim.
15. Xasanboy Ergashev maydon markazida to'pni oldinga intilib borayotgan sherigi Eminovga uzatdi. Sardorning biroz kuchsiz chiqqan zarbasidan so'ng to'pni Moshnyaga o'z postida qiyinchiliksiz ushlab olishga erishdi.
3. Bugun qo'qonliklar tarkibida rossiyalik legioner Igor Golban klubi safida va oliy ligada debyutini o'tkazmoqda.
1. O'yinni maydon egalari hujumkorlikda boshladi.
Diqqat! Uchrashuvga start berildi!
Har ikki jamoa futbolchilar davlatimiz madhiyasi sadolari ostida millatimiz bayrog'ini kutarishmoqda.
Qo'qon shahar hokimi Akramjon Abdullaev so'zga chiqib o'z dilso'zlarini bildirdi va chempionat qatnashchilariga omad tiladi.
Uchrashuv boshlanishiga sanoqlik soniyalar qolmoqda.
Ishqibozlar uchun o'ziga xos koncert tashkil etildi.
Qo'qonda chempionatning ilk uchrashuvi bo'lgani bois, bugun "Markaziy" stadionda ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Bugun Qo'qonda 12 yillik tanaffusdan so'ng nihoyat oliy liga o'yinlari boshlandi.
Diqqat qiling! Qo'qon shahar "Markaziy" stadiondan reportajimizni boshlaymiz.
- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar