"Qo'qon-1912": Otabek Haydarov va Otabek Zokirov bilan shartnoma tuzildi
20 dek 2015 12:46
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Otabek Haydarov va Otabek Zokirov bilan shartnoma tuzildi
Mashg'ulotlar soat 10:00 da va 15:30da Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tmoqda. Mashg'ulotlarni 50-100 nafarga yaqin muxlis ham kuzatib bormoqda.
Tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak, “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislarni uchun quvonchli xabar. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida jamoamiz safida o'tkazgan Otabek Haydarov rasman “Qo'qon-1912” klubi azosiga aylandi. U bilan kecha shartnoma imzolandi.
SHuningdek, yig'inda ishtirok etayotgan Otabek Zokirov bilan ham bitim imzolandi. Otabek Zokirov 2015 yilgi mavsumni Samarqandning “Dinamo” jamoasi safida o'tkazib, mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgandi. Ungacha esa 23 yoshli futbolchi “Neftchi” safida to'p surgan. 2013 yili Yoshlar ligasi to'purarlaridan biriga aylangan.
Aytgancha, 2013 yili Otabek Haydarov va Otabek Zokirovlar “Neftchi” o'rinbosarlari safida ajoyib juftlikni hosil qilishgandi. Umid qilamizki, bu tandem “Qo'qon-1912” jamoasida ham o'zini ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar