So’nggi yangiliklar

07:30"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 4:0 (Матнли трансляция)  7 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  1 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  1 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  131 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  75 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1

"Qo'qon-1912" necha yildan beri "Paxtakor"ni engolmayapti? Yangiliklar

"Qo'qon-1912" necha yildan beri "Paxtakor"ni engolmayapti?

Ertaga O'zbekiston Superligasining 21-tur bahslari start oladi.

Turni "shunqorlar"ning "sherlar" bilan "jang"i boshlab beradi.

Qo’qon-1912

Oybek Rustamov - 9', Muhammadanas Hasanov - 40', YAkuba Bamba - 73', Sardor Azimov - 76'

Superliga. 21-tur

01/10/2021, 16:00

2
:
4
Tugadi

Paxtakor

SHahzod Azmiddinov - 47', Xojimat Erkinov - 71'

45'
90'
9'  Oybek Rustamov
40'  Muhammadanas Hasanov
73'  YAkuba Bamba
76'  Sardor Azimov
47'  SHahzod Azmiddinov
71'  Xojimat Erkinov

Coca-Cola Superliga. 21-tur

oktyabr, juma

QO'QON-1912 – PAXTAKOR

Hakamlar: Vadim Agishev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Alisher To'xtasinov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Aleksandr Davidenko

Musobaqa jadvali

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari hisobida ortda qolgan 20 turdan keyin 25 ochko bor (9-o'rin). Piterning "Paxtakor"i bilan oradagi tafovut 26 ochkoga teng. "Markaziy" stadionda o'tkazilgan o'yinning ahamiyatini oshiruvchi katta bir sabab bor. Toshkent klubi shu o'yindagi g'alaba orqali mamlakat chempionligini rasmiylashtirishi mumkin. Nazariy jihatdan imkoniyat mavjud. Faqat buning uchun "Andijon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni engishi kerak. 

So'nggi o'yin

Ushbu jamoalar Superliganing 8-turida Toshkentda to'qnashishgan, o'sha o'yinda "sherlar" yirik hisobda zafar quchishgan edi.


Coca-Cola Superliga. 8-tur

12 may, chorshanba

18:50 - PAXTAKOR – QO'QON-1912 3:0

Gol: 39 - Diyor Xolmatov 1:0,  45+2 Eren Derdiyok 2:0, 62- Dragan CHeran 3:0

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 34.Farrux Sayfiev, 23.SHerzod Azamov (16.Marlen CHobanov, 88), 5.Anzur Ismoilov (S), 6.Ibrohim Halil Yo'ldoshev (3.Xojiakbar Alijonov, 75), 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (19.SHarof Muhiddinov, 79), 18.Xojimat Erkinov, 10.Dragan CHeran, 28.Diyor Xolmatov ( 8.Aziz Turg'unboev,79), 9.Eren Derdiyok(99.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 88)

Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 14.Xumoyunmirzo Iminov, 17.SHerzod Temirov, 42.Abbos Fayzullaev, .

"Qo'qon-1912": 46.Xurshid Xo'jaev, 5.Slavko Lukich(14.Avaz Mamatxo'jaev,61), 7.Asadbek Sobirjonov, 8.Farhod Bekmurodov, 10.SHohnazar Norbekov (99.Andrey Sidorov
75), 11.Mo'min Meliev(15.Oybek Rustamov,46), 20.Iqbol Malikjonov(91.Yakuba Bamba,46), 22.Muhammadanas Hasanov(13.Sardor Azimov, 46), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov.

Zaxira: 16.Eldor Adhamov, 3.Bobir Akbarov, 9.Hamidullo Abduhamidov, 18.Anvar Hojimirzaev,
Ogohlantirish: Ibrohim Halil Yo'ldoshev (50), Oybek Rustamov (62)

Jamoalarning kayfiyati

"Qo'qon-1912" 20-tur bahsini ham o'z maydonida o'tkazib, so'nggi soniyalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi (penalti evaziga).

"Paxtakor" esa o'z maydonida Yaypanning "Turon" jamoasini engdi (3:1).

O'zaro o'yinlar tarixi

Ertaga o'tkaziladigan bahs jamoalarning O'zbekiston chempionatlari tarixidagi 32-si bo'ladi. Ortda qolgan o'yinlarning 19 tasida "sherlar", 5 tasida "shunqorlar"ning qo'li baland kelgan, 7 durang. To'plar nisbatida ham mutlaq ustunlik "Paxtakor" tomonida — 82:41.

To'purar

"Paxtakor" va "Qo'qon-1912" jamoasi o'rtasidagi o'yinlar to'purari Ingor SHkvirin hisoblanadi (8 gol). 2-o'rinni "sherlar"ning sobiq hujumchisi Igor Sergeev band qilib turibdi.

Qo'qonliklar tarkibida poytaxt jamoasi darvozasiga eng ko'p to'pni Oydinbe Aliev va Soli Qurbonov kiritgan (5 tadan).

18 yil

Endi esa sarlavhadagi savolga qaytamiz. "Qo'qon-1912" so'nggi bor "Paxtakor"ni enggan o'yinni eslay olasizmi? Bu voqea 2003 yilda sodir bo'lgan edi. O'shanda mamlakat chempionligini rasmiylashtirib bo'lgan "sherlar" yoshlarni maydonga tushirgan. Bu "shunqorlar"ning ishini engillatgan edi.

QO'QON-1912 - PAXTAKOR - 3:2 (1:1)

01.11.2003. 30-tur.

Referi: G.Nizamov - 8,7

Gollar:

1:0 - Ashirmatov Uchkurjon, 8

1:1 - Kroxmal Aleksandr - penalti, 33

2:1 - Yusupov  SHuxrat, 49

3:1 - Jonaliev Axdam, 57

3:2 - Umarov Baxrom, 87

QO'QON-1912: Zaxareckiy Sergey; Ayzatulov Timur; Namozov Baxtiyor; Jonaliev Axdam (Yuldashev Ali, 78); Nizometdinov Muxsin; Strelcov Andrey; Inog'omov Muhammad; Raxmonqulov SHuxrat; Yusupov  SHuxrat; Ashirmatov Uchkurjon (Otajonov Alisher, 46); Maxmudov Xayrullo (Raximov Ibroxim, 46)

PAXTAKOR: Belyakov Oleg; SHamsutdinov Timur; Risqullaev Axrol; Nikitkov Yuriy; Umarov Baxrom; Ismoilov Anzur; Maxmudov Alisher; Erkinov SHahboz; Vahobov Baxritdin; Kroxmal Aleksandr; Dosanov Doniyor

Ogohlantirtshlar: Namozov Baxtiyor, 32; Kroxmal Aleksandr, 45

Xullas, ertaga Baxtiyor Ashurmatov jamoasi 18 yillik tanaffusdan keyin yana "Paxtakor"ni mag'lub qilishi mumkin. 

Malumot uchun, yuqoridagi statistika faqat O'zbekiston chempionatlaridagi natijalar asosida shakllantirilgan. Agar barcha turnirlar inobatga olinsa, "Qo'qon"ning oxirgi g'alabasi 2019 yilning may oyida qayd etilgan. O'sha kuni Liga Kubogi  doirasidagi o'yinda "shunqorlar" yirik hisobda zafar quchishgan.

Mezbonlarga atalgan turdan qiziq raqamlar: gol, kartochka...

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика