“Qo'qon-1912” navbatdagi yig'inni boshladi
26 fev 2015 12:26
Yangiliklar

“Qo'qon-1912” navbatdagi yig'inni boshladi
Avval xabar berganimizdek, “Qo'qon-1912” azolari qisqa muddatli tatilga chiqqandi.
Kecha futbolchilar yana Toshkentda yig'ildi. Bu safargi yig'in davomida ham poytaxtdagi muhtasham “O'zbekiston” mehmonxonasi jamoamizning vaqtinchalik qarorgohi vazifasini o'tab beradi.
Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, mazkur yig'in 5 martga qadar davom etadi. Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'tgan mavsum “Maxtaorol”da o'ynagan Ruslan Matniyozov endilikda jamoamiz azosi hisoblanadi. 1987 yilda tavallud topgan nukuslik posbon, jamoaning PFLga topshirgan ro'yxatidan o'rin olganini aytish lozim.
SHuningdek himoyachi Ilya Ilin ham mavsumni “Qo'qon-1912” tarkibida boshlaydigan bo'ldi. Bungacha “Mashal”, “Qizilqum” va “Buxoro” kabi jamoalarda o'ynagan 30 yoshli futbolchi bilan ham shartnoma imzolandi.
Hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida xorijlik futbolchi bilan muzokara o'tkazilmoqda. Agarda har ikki tomon o'zaro kelishuvga erisha olsa bu haqda batafsil to'xtalamiz.

Fikrlar