So’nggi yangiliklar

15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  0 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  9 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  40 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11

"Qo'qon-1912" muxlislari PFLga iltimos bilan chiqish qildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" muxlislari PFLga iltimos bilan chiqish qildi

Teglar :  Qo'qon-1912
"Qo'qon-1912" muxlislarining PFLga yozgan ochiq xatini saytimizda elon qilamiz.

Hurmatli O'FA va PFL mutasaddilari! Kuni kecha Navoiy va Farg'ona viloyatlarida bo'lib o'tgan Superliganing ochilish o'yinlarini ko'rib havasimiz keldi va buning uchun qayta jon kiraetgan PFLga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Namanganlik do'stlarimiz ham tanishtiruv marosimini qoyillatib o'tkazdilar. Xuddi shunday holatni Buxoroda ham kurdik. Sekin-astalik bilan Superliganing qolgan klublari ham OCHL saviyasiga chiqib borishlarini istaymiz va bu yo'lda biz muxlislar ham uz yordamimizni ayamaymiz.

O'FAning tashabbusi bilan "Qo'qon-1912" stadioni yangi qiyofaga kirayotganligi minglab qo'qonliklarni xushnud etayapti. Afsuski stadionimizdagi qurilish ishlari "Qizilqum" bilan o'yinda 8000 nafar muxlisni to'liq stadionga kirishiga to'siq bo'layapti. Qo'qon futbol vatani, shu munosabat bilan PFL klub rahbariyatining "Qizilqum" bilan Qo'qonda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan uchrashuvini Navoiyga ko'chirish taklifini o'rganib chiqib uni qo'qonlik muxlislar foydasiga hal kilsa. 31 mart kuni bulib o'tadigan tur o'yinida yangilangan stadionimizni ochilish marosimini haqiqiy bayram tarzida o'tkazsak. Zero, "Qo'qon-1912" jamoasining 105 yillik to'yini munosib o'tkazsin. Umid kilamizki, "Qizilqum" jamoasi ham kichik o'zgartirishga rozi bo'ladi va 2-tur o'yinini ham o'z maydonida qabul qiladi.

"Qo'qon-1912" muxlislar klubi faollari.


Reyting: -46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика