“Qo'qon-1912” murabbiylar shtabida o'zgarish bor
15 jan 2022 15:09
Yangiliklar


“Qo'qon-1912” murabbiylar shtabida o'zgarish bor
Yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichini Toshkenga ko'chirgan “Qo'qon-1912”da o'zgarishlar bor.
Xususan, uzoq yillar davomida jamoa darvozasini qo'riqlagan va keyinchalik posbonlar murabbiyiga aylangan Andrey Baklanov “Qo'qon-1912” bilan xayrlashdi. Olingan malumotlarga ko'ra, Baklanov endilikda faoliyatini “Turon” murabbiylar shtabida davom ettirishga qaror qilgan.
“SHunqorlar” ustozi Baxtiyor Ashurmatov darvozabonlar bilan ishlash uchun Hislat CHilmatovni taklif etdi. Bu bejiz emas, albatta, chunki ilgari Hislat CHilmatov “Guliston”, “Navbahor” va “Andijon” jamoalarida aynan Ashurmatovga yaqindan yordam bergandi.
CHilmatov (o'ngdan birinchi)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar