So’nggi yangiliklar

16:05Расман: "Динамо" "Ривер Плейт" тарбияланувчисини сафига қўшиб олди  0 15:40Абрамов vs Кападзе. Жадвалда ким юқорироқда бўлади?  1 15:13АПЛ клублари қўшимча 750 млн фунтдан воз кечди. Сабаби нимада?  0 14:45"Манчестер Сити" "Ньюкасл" ҳимоячиси билан битим тузмоқчи  1 14:22"Бухоро" ва "Андижон" стадионларига VAR техникаси ўрнатилди  0 13:59"Арал" назорат учрашувида "Машъал"га жавобсиз 3 та гол урди  2 13:39Суперлига ҳакамлари учун FIFA VAR семинари бўлиб ўтади  1 13:07"Ливерпуль" ва "Барселона" собиқ юлдузи ўзига янги жамоа қидирмоқда  3 12:51"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди  0 12:24МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр  4 11:56А Серия. "Милан" "Комо"ни ютолмади  0 11:35Элит ОЧЛ гуруҳ босқич якунлари: ким учун омадли, ким учун омадсиз  5 10:47Фабрицио Романо "Реал"га Юрген Клопп келиши мумкинлиги ҳақида гапирди  5 10:20Алонсо илк таклифга йўқ деди  3 09:52"Реал" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр  2

"Qo'qon-1912": Muhim uchrashuvdagi mag'lubiyat Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Muhim uchrashuvdagi mag'lubiyat

Bugun "Qo'qon-1912" o'rinbosarlari "Viloyat hokim kubogi-2018" xalqaro musobaqasidagi uchinchi uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Bu galgi raqib Oltiariqning “Iftixor” jamoasi bo'ldi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida hisob ochildi. O'z jarima maydonchalari ichida Otabek Haydarovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Bosh hakam hech ikkilanmay darvozamizga penalti belgiladi. Penaltini Otabek Haydarovning o'zi aniq amalga oshirdi.

O'rinbosarlarning oldingi ikkita o'yinida ham hisob ochuvchi gol penaltidan kiritilgan edi. Bu safar ham hisob penaltidan kiritilgan gol evaziga ochildi.
 33-daqiqada “Iftixor” futbolchilari ikkinchi to'pni kiritishlari mumkin edi. Ammo Otabek Haydarov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.  
Birinchi taym oxirida Baxtiyor Abdubannonovning kuchli zarbasini oltiariqliklar posboni qaytarib qoldi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.

66-daqiqada burchak to'pidan keyin Doniyor To'lashev boshi bilan raqib darvozasini aniq nishonga olib hisobni tenglashtirdi.

So'nggi daqiqalarda oltiariqlik oldinga chiqib olishdi. “Iftixor”ning ikkinchi goliga zaxiradan maydonga Jasur Quvvataliev mualliflik qildi.

SHu tariqa, "Qo'qon-1912" o'rinbosarlari muhim uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashdi.


 “Viloyat hokim kubogi-2018”
“S” guruhi
3-tur
“Qo'qon-1912-2” – “Iftixor” – 1:2 (0:1)
Hakamlar: 
Olim To'ychiboev, Ravshan Kapadze, SHoxrux Azamov.
Nazoratchi: Vladimir Kasaev.
Gollar: Doniyor To'lashev – 66. – Otabek Haydarov – 19, Jasur Quvvataliev – 89.
 “Qo'qon-1912”: 30. Islom Abdullaev, 5. Doniyor To'lashev, 6. Dilshod Baratov, 7. Sardor Isaqov, 9. Ramz Isaqov, 10. Ibrohim Muxtorov, 15. Ibrohim Ahmadjonov, 19. Doston Meliqo'ziev, 20. Mo'min Sodiqjjonov, 26. Ismoil Tolipov, 29. Iqbol Malikjonov.
Zaxira: 1. Muhammadali Sobirov, 25. SHohjahon Qosimjonov, 28. Baxtiyor Abdubannonov, 31. SHukur Mo'minov, 70. Ibrohim Usmonov, 75. Mamur Rahimov, 90. Rustem Asanov.
“Iftixor” 35. Muhiddin Ahmedov, 4. Tursunboy Husanov, 5. Oybek Ahmatov, 6. Doniyor Turdiqulov, 7. Oyatillo Muhiddinov, 9. Asadbek Mamurov, 11. Otabek Haydarov, 13. Hasanboy Ergashev, 14. Muhiddin Yusupov, 15. Karim Mamadaliev, 17. Said Abdujjaborov.
Zaxira: 16. Xurshid Muhammadjonov, 3. Ozod Komilov, 8. Abubakir Abdullaev, 10. Farrux Axunov, 19. Jasur Quvvataliev, 18. SHerdor Turonov, 20. Islom Hoshimov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика