"Qo'qon-1912" ham yig'inni boshladi
21 dek 2014 14:00
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" ham yig'inni boshladi
Oliy liga debyutanti kechadan yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk bosqichini boshladi.
Jamoa azolari tushlikdan so'ng Qo'qonda yig'ildi. Aytish lozimki, futbolchilar ushbu yig'in davomida Dang'ara tumanidagi "Bovling" mehmonxonasida istiqomat qilishadigan bo'ldi.
Bosh murabbiy Rustam Abdullaev tatildan qaytgan futbolchilarga ortiqcha yuklama bermadi va birinchi kun mashg'uloti asosan yugurish bilan o'tkazildi. Yangi yilga qadar asosan tiklanish mashg'ulotlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, joriy mavsum qo'qonliklarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Doniyor Usmonov hozircha tarkibga qaytmadi. 20 yoshli hujumchi huquqiy jihatdan Toshkentning "Lokomotiv" klubiga tegishli bo'lgani uchun ham uning kelgusi taqdiri hozircha so'roq ostida turibdi. Tarkibga yangi kelib qo'shilganlardan Izzat G'aniev va Sardor Qulmatovni aytish mumkin. Yakunlangan mavsumda "Neftchi" sharafini himoya qilgan ushbu futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda.
Selekciya jarayoni davom etadi. SHu bois yaqin kunlar davomida yangi nomlar paydo bo'lishi kutilmoqda.

championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar