So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  5 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

“Qo'qon-1912” faxriylari finalda Yangiliklar

“Qo'qon-1912” faxriylari finalda

Kecha Respublika futbol buyicha sport mahoratini oshirish oliy maktabiga qarashli o'yingohda, futbol buyicha faxriylar o'rtasidagi respublika birinchiligining yarim final bahslari bo'lib o'tdi.

Dastlab “Qo'qon-1912” hamda “Navoiy” jamoalari maydonga tushishdi. O'yin to'liq qo'qonlik futbolchilarning ustunligi bilan boshlandi. Natijada “Qo'qon-1912” faxriy futbolchilari 1-bo'limning o'zida navoiyliklar darvozasini 3 marta ishg'ol etishdi. Gollarga Bahodir Abdullaev , Akmal Ortiqov va Umid Quvvatovlar mualliflik kilishdi. Uchrashuvning 2-bo'limida navoiyliklar hisobdagi farqni o'zgartirish uchun jon-jahdlari bilan harakat qilishdi.

Ayniqsa, H. Aktamov, A. Sanoev, F. Akramovlarning bergan zarbalarini qo'qonlik ximoyachilar va darvozabon F. Musajonov mahorat bilan kaytardilar.

M. Abduvaliev, S. SHokirov va U. Quvvatovlar esa qarshi hujumlarda navoiyliklar posbonini tez-tez bezovta qilib turishdi. SHunday qilib uchrashuv oxirigacha 3:0 hisobi o'zgarmadi.

Mazkur o'yinda faxriylarimiz quyidagi tarkibda maydonga tushishdi.

“Qo'qon-1912”: F. Musajonov, J. Tojiboev, M. Mansurov, R. Jo'raev, S. Meliboev, A. Niyozov, A. Ortiqov, B. Abdullaev, M. Abduvaliev, U. Quvvatov, S. SHokirov.

Zaxira: N. Hasanboev, I. Mamadiev, G'. SHaropov, Z. Nurmatov, K. Aminov, A. Toshmatov, B. Azimov.

Bu uyindan so'ng, maydonga 2-yarim finalchilar “Nasaf” Qarshi va “Bunyodkor” Toshkent jamoalarining faxriy futbolchilari chiqishdi. Qiziqarli o'tgan bu uchrashuvda toshkentlik faxriylarning qo'li baland keldi. Hisob 4:2 kurinishida “Bunyodkor” foydasiga hal bo'ldi. Gollarni “Bunyodkor”dan  Agustin-Edvard (penaltidan) , Igor Li 2 ta va S Lushan kiritishdi. “Nasaf” jamoasining har ikkala goliga Ruzikul Berdiev mualliflik kildi.

Bugun  “Nasaf” va “Navoiy” 3-o'rin uchun bahsga kirishsa, finalda “Qo'qon-1912” va “Bunyodkor” jamoalarining faxriy futbolchilari kuch sinashishadi. Ushbu o'yinda jamoamiz faxriylariga omad tilab qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика