"Qo'qon-1912" endi "adidas" liboslarida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2018, 07:37
Yildan-yilga har jabhada rivojlanishga intilayogan "Qo'qon-1912" oldinga yana bir qadam tashladi.

Kelayotgan mavsumda jamoa "adidas" kompaniyasi sport kiyimlaridan foydalanadigan bo'ldi.

Ma'lumki, ushbu  kompaniya sport kiyimlari dunyoda yuqori nufuzga ega va jahonning nomdor klublari "adidas" bilan hamkorlik qilishadi.
Jumladan, mamlakatimizning yetakchi jamoalari "Paxtakor" va "Nasaf"ko'p yillardan beri "adidas" sport kiyimlaridan foydalanib kelishadi.  Bu jamoalar qatoriga endi "Qo'qon-1912" jamoasi ham qo'shildi. Kelayotgan mavsumda futbolchilar "adidas" brendi ostida to'p surishadi. Bu kompaniyaning O'zbekistondagi vakillari yaqin kunlarda "Qo'qon-1912" a'zolariga "adidas" sport kiyimlarini taqdim qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz