"Qo'qon-1912" bugundan yig'inni boshladi
04 jan 2014 18:00
Yangiliklar

"Qo'qon-1912" bugundan yig'inni boshladi
Dekabr oyida tayyorgarlikni boshlagan qo'qonliklar yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatli tatilga chiqqandi.
Klub matbuot xizmatining "SA"ga xabar berishicha jamoa azolari bugundan yana bazada yig'ilgan.
Mashg'ulotlar Qo'qon shahar Navoiy mavzesida joylashgan Akamdemik liceyning suniy qoplamali stadionida o'tkazilmoqda.
Tohir Kapadze boshchiligida o'tayotgan mashg'ulotlar kunig ikki mahaldan, ertalab soat 10:30 va tushlikdan so'ng 15:00da bo'lmoqda. Bosh murabbiyga Muhiddin Abduvaliev yaqindan yordam bermoqda.
Klubga o'tgan mavsumda "Guliston"da ishlagan massajchi kelib ish boshlagan.
Tarkibda yangilardan Sobir Hamidov ("Navbahor"), Jalil Kimsanov ("Qizilqum"), Nodir Ashurmatov ("So'g'diyona") va bir qator mahalliy yoshlarni uchratish mumkin.
Rejaga ko'ra "Qo'qon-1912" o'z qarorgohida 10 yanvarga qadar shug'ullanadi. SHundan so'ng yig'in Toshkentga ko'chadi.

Fikrlar