So’nggi yangiliklar

19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  1 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  14 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  5 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2

“Qo'qon-1912” bolalarni xalqaro himoya qilish kunini yuqori suratda o'tkazdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” bolalarni xalqaro himoya qilish kunini yuqori suratda o'tkazdi

Bolalar kelajagimiz. Sog'lom bola - sog'lom yurt tayanchidir.
1 iyun bolalarni xalqaro himoya qilish kuni. Ushbu bayramni “Qo'qon-1912” futbol klubi yuqori suratda o'tkazdi. Kecha 31 may, shanba kuni oliy liganing 11-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvi oldidan klub marketing bo'limi kichik tadbir tashkil etdi. Yani o'yindan oldin har ikki jamoa futbolchilariga “Bolalar kelajagimiz” yozuvi tushirilgan futbolkalar taqdim etildi. “Qo'qon-1912” va “Navbahor” futbolchilari maydonga mana shunday oq libosda chiqib keldi va o'yindan oldin estalik uchun rasmga tushildi. SHundan so'ng “Bolalar kelajagimiz” yozuvi tushirilgan oq liboslar estalik uchun muxlislarga ulashildi. Bundan tabiiyki ishqibozlarning ham kayfiyati ko'tarilib ketdi.

Bugun ham jamoamiz ushbu bayramni munosib o'tkazishga urindi. Qo'qon shahridagi 12-sonli mehribonlik uyiga borib, bolakaylarning xursandchiligiga sherik bo'lgan xolda, ular bilan “Qo'qon-1912”ning iqtidorli futbolchilari Quvondiq Ro'ziev, Xurshid Muxtorov, Doniyor Usmonov hamda rossiyalik legioner Igor Golban suhbatda bo'ldi. Ushbu tadbirga jamoa boshlig'i SHuhrat Mo'minov, klub matbuot kotibi Anvar Oxunov, ishqibozlar klubi etakchilari Ilhomjon Qunduzov va Akramjon Mamadaliev ham tashrif buyurdi. Bolajonlarni bugungi bayrami bilan tabriklab, ularga estalik sovg'alar ulashildi va uning so'nggida rasmga tushildi.

- Bolalar bizning kelajagimiz. Bolalik insonning eng baxtli damlaridir. Bugungi bayram bilan butun respublikamizdagi bolajonlarni tabriklayman. Mehribonlik uyidagi ota-onasiz bo'lgan qalbi o'ksik bolakaylarga ruhan dalda bo'lib, ularga etibor qilishni burchimiz deb bilaman. Tashrifimizdan ularning ko'ngli yanada ko'tarildi. Imkon qadar u erdagi har bir ukalarimiz bilan suhbatlashib, kelajakda sportchi, xususan futbolchi bo'lishni, buning uchun o'z ustilarida ishlashi kerakligini maslahat berdik – deydi Xurshid Muxtorov.   

SHu kuni Toshkent shahridagi Gemotologiya institutida bo'lib o'tgan laykoz kasalligiga chalingan bolalar uchun o'tkazilgan akciyada “Qo'qon-1912” FK nomidan klub bosh mamuri Merojiddin Nigmanov ham ishtirok etib, klub sovg'alarini bolakaylarga taqdim etib, ularga sog'liq salomatlik tiladi.

SHu tariqa “Qo'qon-1912”  futbol klubi bolalar bayramini ko'tarinka ruhda o'tkazdi.

SHu fursatdan foydalanib, “Qo'qon-1912” FK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha ishchi xodimlari 1 iyun bolalarni xalqaro himoya qilish kuni bilan respublikamizdagi barcha aziz bolajonlarni samimiy qutlaydi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика