"Qo'qon-1912": Abdulloh Olimov mashg'ulotlarga qo'shildi
26 jan 2016 06:45
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": Abdulloh Olimov mashg'ulotlarga qo'shildi
6 fevralgacha davom etadigan bu galgi yig'inning dastlabki uch kuni Qo'qonda bo'lib o'tadi. Keyin esa Farg'onada davom ettiriladi. Kecha jamoamiz Dang'ara tumanidagi stadionda mashg'ulot o'tkazishdi. Birinchi kungi mashg'ulotda jamoamiz safida yangi futbolchilar kelib qo'shilishdi. Bular, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi Abdulloh Olimov, o'tgan mavsumni “Dinamo”da o'tkazgan Hasan Asqarov hamda Sardor Qahhorovlardir.
Bu o'yinchilarning hatti-harakati murabbiylarga maqul keladigan bo'lsa, ular bilan shartnoma imzolanadi. SHuningdek, jamoamiz tarkibida yana o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.
Bugundan mashg'ulotlar ikki mahalga ko'chadi. Kechagi mashg'ulotni ko'plab muxlislar bevosita stadionda ko'zatib borishdi.
29 yanvar kunidan esa “Viloyat Hokimi Kubogi”da ishtirok etamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar