So’nggi yangiliklar

12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  0 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  3 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  1 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  12 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  6 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1

"Qizilqum": Jamoaga Yuriy Lukin bosh murabbiy bo'ldi Yangiliklar

"Qizilqum": Jamoaga Yuriy Lukin bosh murabbiy bo'ldi

“Qizilqum” jamoasi ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Navoiy shahrida davom ettiryapti.
O'quv-mashg'ulot yig'inida o'ttiz nafarga yaqin futbolchi qatnashmoqda.
 
Ikkinchi davrada jamoa tarkibida ko'plab yangi nomlar paydo bo'lishi kutilmoqda. Hozirda mashg'ulotlarda mavsumning birinchi yarmida “Zarafshon”, “Guliston”, “So'g'diyona”, “Olmaliq”, “Bunyodkor”, “Nasaf” kabi jamoalarda to'p surgan ko'plab o'yinchilar murabbiylar ko'rigidan o'tyapti. Ulardan kimlarning jamoa tarkibiga qo'shilishi yig'in oxirida malum bo'ladi.
 
Kuniga ikki mahaldan tashkil etilayotgan mashg'ulotlarni murabbiylar Yuriy Lukin va Obid Xudoyorovlar olib borishyapti. Rejaga ko'ra, zarafshonliklar 30 iyulga qadar oliy liga jamoalaridan biri bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadilar. Raqib jamoa nomiga bir-ikki kun ichida oydinlik kiritiladi.
 
Zarafshondagi “Qizilqum” stadionida rekonstrukciya va tamirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan futbolchilarimiz ikkinchi davra uy uchrashuvlarini Navoiy shahrida o'tkazish ehtimoli ham yo'q emas. Bu uchrashuvlarning qaysi stadionda o'tkazilishi yaqin kunlarda elon qilinadi.

Ayni paytda Navoiy shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan “Qizilqum” jamoasi 28 iyul kuni navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Zarafshonliklarning bu galgi raqibi birinchi liga vakili Buxoroning “Spartak” jamoasi bo'ldi.
 
Nazorat bahsi “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tdi. Unda murabbiy Yuriy Lukin mashg'ulotlarda qatnashayotgan deyarli barcha futbolchilar xizmatidan foydalanishga harakat qildi. Uchrashuvning birinchi bo'limida 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng zarafshonliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondilar - 2:1.
 
Birinchi bo'limda “Qizilqum” jamoasi tarkibida quyidagi o'yinchilar maydonda harakat qildi:
 
Artyom Makosin, Akmal Xoliqov, Fayzulla Qambarov, Jalil Kimsanov, SHerzod Fayzullaev, Eldor Boymatov, Zafar To'raev, Aziz Abdullaev, Ruslan Sanaev, Xurshid Yo'ldoshev, Aziz Usmonov.
 
Tanaffusdan so'ng, zarafshonliklar sharafini quyidagi futbolchilar himoya qildilar:
 
Erkin Jabborov, Isroil Ergashev, Temur Turdiev, Dauren Eshboev, Sarvarjon Xolmatov, Jamshid SHohnazarov, Farruh Haydarov, Bobur Iskandarov, Feruz Boboqulov, Navro'z Alimov, Alisher Xoliqov.
 
Uchrashuvda “Qizilqum” futbolchilaridan gollarni Akmal Xoliqov hamda Dauren Eshboevlar kiritdi.
 
Jarohati tufayli ushbu bahsda Akmal Rustamov, G'ulomhaydar G'ulomov  maydonga tusha olmadilar.
 
Rejaga ko'ra, Yuriy Lukin shogirdlari 30 iyul kuni yana bir o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Raqib nomi esa bugun aniq bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика