

Jumladan, Turkmaniston milliy terma jamoasi a'zolari, 25 yoshli himoyachi Abdi Bashimov va 28 yoshli yarim himoyachi Vezirgeldi Ilyasov, Kotdivuarlik istedodli futbolchi Yakuba Bomba hamda Rossiyalik darvozabon Eduard Baychora yangi mavsumni Qizilqumda boshlashadi.
Eslatib o'tamiz, Hamidjon Aktamov shogirdlari hozirgi vaqtda poytaxtimizda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borishmoqda.
Ism, familiya: Eduard Baychora (Eduard Baychora);
Tug'ilgan yili: 04.02.1992;
Tug'ilgan joyi: Uchkeken, Rossiya Federatsiyasi;
Amplua: darvozabon;
So'nggi klubi: "Inter Cherchesk".

Ism, familiya: Abdi Bashimov (Abdy Bashimov);
Tug'ilgan yili: 12.12.1995;
Tug'ilgan joyi: Ashxobod, Turkmaniston;
Amplua: himoyachi;
So'nggi klubi: "Fk Axal Akdasayak";
Turkmaniston milliy terma jamoasi a'zosi.

Ism, familiya: Vezirgeldi Ilyasov (Vezirgeldi Ylyasov);
Tug'ilgan yili: 18.01.1992;
Tug'ilgan joyi: Balqonobod, Turkmaniston;
Amplua: yarim himoyachi;
So'nggi klubi: "Fk Axal Akdasayak";
Turkmaniston milliy terma jamoasi a'zosi.

Ism, familiya: Yakuba Bomba (Yacouba Bamba);
Tug'ilgan yili: 30.11.1991;
Tug'ilgan joyi: Kot-d'Ivur;
Amplua: Xujumchi;
So'nggi klubi: Fk Sluck.




