“Qizilqum” uch oylik tanaffusdan keyin o'z maydonida g'alaba qozondi
17 iyu 2017 11:55
Yangiliklar
“Qizilqum” uch oylik tanaffusdan keyin o'z maydonida g'alaba qozondi
Bu navoiylik futbolchilarining joriy mavsumdagi to'rtinchi g'alabasi sifatida etirof etildi. Qizig'i shundaki, “oltin izlovchilar” joriy mavsumdagi ilk g'alabasini Oliy liganing 2-turida (“Navbahor” 2:1) tantana qilgandi. Oradan uch oydan ko'proq vaqt o'tgach, “Qizilqum” o'z maydonida ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Yana etiborli jihat: “Qizilqum” joriy mavsumda ilk marta ketma-ket ikkita uchrashuvda uch ochkoni qo'lga kiritdi va so'nggi ikki bahsda navoiyliklar o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga erishishdi.
Umuman o'zaro o'yinlar tarixida “Qizilqum” chorshanba kungi g'alabadan keyin “Mashal” ustidan qozonilgan g'alabalar sonini 9 taga etkazdi. Muborakliklar hisobida esa 8 ta g'alaba mavjud. “Qizilqum” futbolchilari so'nggi uch uchrashuv barchasini o'z foydasiga hal etib kelmoqda...
Fikrlar