So’nggi yangiliklar

12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  0 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  1 11:42Хёйсен яқин соатларда "Реал"да тиббий кўрикдан ўтади  3 11:1838 ёшли Варди нима учун фаолиятини якунлаш нияти йўқлигини тушунтирди  0 10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  1 10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  9 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  8 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  5 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  3 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  16 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  22 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  2 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  59 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4

Qizilqum - SHo'rtan uchrashuvini FIFA referisi Valentin Kovalenko boshqaradi Yangiliklar

Qizilqum - SHo'rtan uchrashuvini FIFA referisi Valentin Kovalenko boshqaradi

Oliy liga jamoalari uchrashuvlari turdan turga qiziqarli va shiddatli tus olmoqda.
O'yinlarda qayd etilayotgan kutilmagan natijalar esa muxlislarda yanada qizqish ortishiga turtki bo'layotir.

O'n birinchi tur bahslari 30 - 31 may kuni o'tkazilishi belgilangan. Taqvimga ko'ra, dastlabki kuni  to'rtta uchrashuv o'tkaziladi. Unda Olmaliq (Olmaliq) – Metallurg (Bekobod), Andijon (Andijon) – Neftchi (Farg'ona), Dinamo (Samarqand) – Mashal (Muborak), Qizilqum (Navoiy) – SHo'rtan (G'uzor) jamoalari o'zaro bahs yuritadi.

31 may kuni bo'ladigan Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Navbahor (Namangan), Nasaf (Qarshi) – So'g'diyona (Jizzax), Paxtakor (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent), Buxoro (Buxoro) – Lokomotiv (Toshkent) juftliklari bahsi bilan esa 11-tur o'yinlari nihoyasiga etadi.

Mazkur tur uchrashuvlar o'ziga xos derbilar bahsi ekanligi bilan ham ko'chilikning diqqat-etiborini tortishi tabiiy, albatta.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra, Navoiyda bo'ladigan Qizilqum  – SHo'rtan uchrashuvini poytaxtlik FIFA referisi Valentin Kovalenko boshqarib boradi.

Unga FIFA laynsmeni Mamur Saidqosimov (Toshkent) va Andrey Snetkov (Yangiyo'l)lar ko'maklashadi.

Yoshlar ligasi bahsi bosh hakami va asosiy tarkiblar o'yini zaxiradagi hakami etib, toshkentlik Jasur Muxtorov tayinlangan.

Respublika toifasidagi hakam Sardor Najafaliev (Toshkent) esa hakamlar faoliyatini nazorat qiladi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi vakili Grigoriy Rtveladze esa uchrashuv komissari etib belgilangan.

Eslatib o'tamiz, yoshlar ligasi uchrashuvi 29 may kuni soat 17.00 da Navoiy shahridagi “So'g'diyona” stadionida boshlanadi. Qizilqum  – SHo'rtan jamoalari asosiy tarkiblari o'yini esa 30 mayda soat 18.30 da “Yoshlar” sport majmuasi yashil maydonida start oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика