So’nggi yangiliklar

19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  0 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  4 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  3 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2

“Qizilqum” poytaxt yig'inini boshlamoqda Yangiliklar

“Qizilqum” poytaxt yig'inini boshlamoqda

Teglar :  Qizilqum
Futbol bo'yicha oliy liga uchrashuvlari boshlanishiga tobora oz fursat qolmoqda. Ayni paytda jamoalar bor etiborlarini yangi mavsum hozirligiga qaratishgan.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi azolari qisqa tatildan so'ng 12 fevral, yani bugundan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etish uchun Toshkentga tashrif buyuradi.

Rejaga ko'ra, poytaxtda davom etadigan mazkur yig'in doirasida futbolchilarimiz beshta sinov-nazorat uchrashuvi o'tkazadi:

13 fevral. “Qizilqum” - “So'g'diyona”
15 fevral. “Qizilqum” - “Oqtepa”
17 fevral. “Qizilqum” - “Navbahor”
18 fevral. “Qizilqum” - “Qo'qon-1912”
19 fevral. “Qizilqum” - “Metallurg”.

Malumot o'rnida shuni aytish kerakki, 24 yanvar - 7 fevral kunlari Farg'onada uyushtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'inidan so'ng, jamoani himoyachi Mirjalol Qurbonov tark etgan. Mirjalol navbatdagi mavsumni qo'qonliklar tarkibida boshlashga yaqin turibdi.

Toshkentda o'tadigan mashg'ulotlarga Nodirxon Kamolov (“Neftchi”), Eliyor Akbarov (“Cementchi”) kabi futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi navbatdagi yig'in doirasida yana bir qator boshqa yangi o'yinchilarni ham ko'rikdan o'tkazishni maqsad qilishgan.

Yangi mavsum oldidan “Qizilqum” futbol klubi murabbiylari o'tgan yilgi tarkib o'zagini saqlab qolgan holda Ilhom Yunusov, Alisher Yusupov (“Nasaf”), Otabek Narzullaev (“Buxoro”), Vyacheslav SHevchenko (Ukraina) kabi futbolchilarni  jamoaga taklif qilishgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика