So’nggi yangiliklar

08:04Флик кечаги дуранг ҳақида фикр билдирди  1 07:42КОНКАКАФ чемпионлар лигаси. Месси ва «Интер Майами» юришини ярим финалда тўхтади  7 07:00"Барселона" ва "Интер" ўртасидаги "оловли" ўйинда "Интер"ни дарвоза тўсини қутқарди, Мхитаряннинг голи эса ҳисобга олинмади  5 02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  315 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  2 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  4 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  2 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  3 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  10 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  98 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  9 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0

"Qizilqum": O'yin amaliyoti natijadan muhim Yangiliklar

"Qizilqum": O'yin amaliyoti natijadan muhim

Ayni kunlarda Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan "Qizilqum" futbolchilari ilk nazorat uchrashuvida maydonga chiqdi.
Unda Rossiya premer ligasi vakili "Rostov" jamoasi konchilar raqibi bo'ldi.

Avvalo raqib haqida ikki og'iz fikr bildirsak, rostovliklar Rossiya milliy chempionati birinchi davra uchrashuvlaridan so'ng, o'n olti jamoa o'rtasida hozircha 11 ochko bilan oxirgi pog'onani egallab turibdi. Ammo bu jamoaning kuchsizligidan dalolat bermaydi. Yaqinda klub rahbariyati rossiyalik taniqli mutaxassis Qurbon Berdievga bosh murabbiylikni ishonib topshirdi. Yangi bosh murabbiy esa davralar oralig'idagi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida tarkibga Kot-d'Ivuar, Gabon, Janubiy Afrika Respublikasi, Koreya, Moldova milliy terma jamoalarida to'p suradigan legioner futbolchilarni jalb etgan. "Rostov" shu yil yanvar oyining birinchi yarmida Turkiyada yig'in o'tkazgan bo'lsa, so'ngra Birlashgan Arab Amirliklarida mashg'ulotlar davom ettirildi.

Klub vakilining bildirishicha, 25 fevralda Rossiya premer ligasida transfer oynasi yopiladi. 17 fevralda Antaliyaga tashrif buyurgan rostovliklar uchun bu ikkinchi davra oldidan yakuniy yig'in sanaladi.

Bir so'z bilan aytganda, "Qizilqum" jamoasi uchun mazkur o'yin muhim ahamiyat kasb etardi. Unda qanday hisob qayd etilishidan qatiy nazar navoiyliklarga "Rostov"ga qarshi kechadigan bahs o'ziga xos sinov hamda tajriba maktabi vazifasini o'tab berardi.

Uchrashuv tafsilotlari xususida to'xtaladigan bo'lsak, har ikki jamoa azolari ham ochiq futbol namoyish etdi. Ahamiyatli tomoni, "Qizilqum" jamoasi jiddiy raqibga qarshi maydonda cho'chimasdan, yuqori ishtiyoq bilan to'p surdi. Konchilar murabbiylar shtabi ushbu o'yin orqali futbolchilarning imkoniyatlari va tarkibdagi kamchilik va nuqsonlarni ko'zdan kechirib oldi.

- Albatta, yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin jamoa azolari va muxlislari kayfiyatini tushunish mumkin, - deydi "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Lukin. - Ammo o'rtoqlik o'yinida biz uchun qayd etiladigan natijadan ko'ra, ko'proq o'yin amaliyoti muhim. Birinchi uchrashuv orqali jamoaviy o'yinni shakllantirish uchun hali qiladigan ishlarimiz ko'p ekanligini bilib oldik. Quvonarlisi, yigitlar tabiiy maydonda va ajoyib muhitda bugun o'yin namoyish etdilar. Dastlabki daqiqalardan boshlab jamoamizning uyushqoqlik bilan o'yinni boshlaganligidan xursand bo'ldim. Bugun kamida durang natija ham qayd etishimiz mumkin edi. Ikki marta darvoza to'sini rostovliklarni goldan qutqarib qolgan bo'lsa, bir vaziyatda Feruz Boboqulov deyarli yuz foizlik golga tortadigan vaziyatni ko'kka sovurdi. Bundan tashqari markaziy himoyada yo'l qo'yilgan qo'pol xatolar jamoamizga pand berib qo'ydi. Antaliyada yig'inni endigina boshladik. Bu esa ilk uchrashuvimiz edi. Xato-kamchiliklar ustida puxtaroq ishlab, keyingi uchrashuvlarda muxlislarni quvontirishga harakat qilamiz.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

2015 yil 20 fevral
Antaliya, Belek. "Regnum" stadioni
Nazorat uchrashuvi.
"Rostov" (Rossiya) - "Qizilqum" (Navoiy, O'zbekiston) - 4:0 (1:0).
Hakamlar:
Artyom Gutovskiy, Aleksandr Radyush, Vitaliy Gomolko, Yuriy Pashkovskiy (barchasi - Litva).
Gollar: Dumbiya, 15 (1:0), Grigorev, 54 (2:0) Buxarov, 59 (3:0), 62 (4:0).
"ROSTOV": 35. Soslan Janaev, 2. Timofey Kalachev, 4. Dmitriy Torbinskiy, 8. Musa Dumbiya, 9. Kaku Guelor Konga, 10. Ben Su YU, 15. Maksim Bordachev, 23. Aleksandr Troshichkin, 25. Ivan Novoselcev, 77. Bashtush, 84. Aleksandr Gackan (s).
Zaxiradan maydonga tushganlar: 12. Nikita CHagrov, 6. Aleksey Rebko, 5. Vitaliy Dyakov, 7. Maksim Grigorev, 11. Aleksandr Buxarov, 14. Dmitriy Poloz, 18. Mixail Platika, 33. Andrey Bogdanov, 55. Siyanda Ksulu.

"QIZILQUM": 1. Erkin Jabborov, 24. Asqar Muhiddinov (s), 14. Fayzulla Qambarov, 21. Mirjalol Qurbonov, 8. Akmal Rustamov, 15. Andrey Derkach, 29. Farruh Haydarov, 4. Alisher Sanoev, 9. Bahriddin Vahobov, 7. Jamshid SHohnazarov, 25. Azizbek Usmonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 17. Sarvarjon Xolmatov, 44. Alisher Azizov, 20. G'ayrat Jumaev, 18. Feruz Boboqulov, 50. Bobirjon Iskandarov.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 22 fevral kuni o'tkazadi. Unda konchilar Ukraina premer ligasi vakili Lvovning "Karpati" jamoasi yoshlari bilan kuch sinashadi. O'yin Sidedagi "Emerhon palas" sport majmuasida Turkiya vaqti bilan soat 15.30 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика