“Qizilqum” muxlislari uchun yana bir qulaylik + FOTO
20 apr 2018 20:17
Yangiliklar


“Qizilqum” muxlislari uchun yana bir qulaylik + FOTO
PFL tomonidan futbol muxlislarini stadionga jalb etish borasida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, Superliga klublari ushbu dasturni ijrosini taminlash maqsadida bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirishmoqda.
Jumladan “Qizilqum” futbol klubi jamoaning uy uchrashuvlari o'tkaziladigan kunda muxlislarni stadionga yanada ko'proq jalb etish maqsadida ko'ngilochar tadbirlar tashkil etishni yo'lga qo'ydi.
Superliganing 7-turidan o'rin olgan “Qizilqum”- “Neftchi” uchrashuvidan oldin Navoiydagi “Yoshlar sport majmuasida ana shunday tadbirlar tashkil etildi.
Quyida ushbu tadbirdan olingan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar