So’nggi yangiliklar

01:05Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ренн"га мағлуб бўлди, "Ланс" ушбу турда биринчи ўринга кўтарилиши мумкин  5 23:54"Пиза" — "Милан". Таркиблар маълум  1 23:40"Халл Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  1 23:10"Ювентус" "Манчестер Сити" юлдузини нишонга олди  1 22:43"Манчестер Юнайтед" Харри Магуайр бўйича қарор қабул қилди  2 21:27"Барселона" "Челси”дан тарбияланувчисини қайтармоқчи  10 20:58"Ал Ҳилол" Франция терма жамоаси ҳимоячисига даъвогар  0 20:34БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ал Дафра" билан дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 20:15"Ливерпуль" "Милан" ҳужум чизиғи етакчисига қизиқмоқда  2 19:49Расман: "Металлург" Ғофуров, Шоаҳмедов ва Саиднуруллаевни таркибга қўшиб олди  0 19:25Манба: Тудор — "Тоттенхэм" янги бош мураббийи  9 19:03САфарда "Навбаҳор" – "Актобе" учрашувида. Нани нега майдонга тушмади?   3 18:41Норчаев Италияга жўнаб кетди  7 18:20"Эвертон" Грилишни "Манчестер Сити"дан сотиб олмоқчи  1 17:56Абдурауф Бўриев: "Ўртоқлик учрашувида ҳам майдонга ғалаба учун чиқиш керак"  2

"Qizilqum": Maydondagi ustunlik hisobda aks etmadi Yangiliklar

"Qizilqum": Maydondagi ustunlik hisobda aks etmadi

Ayni paytda Antaliyada navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirayotgan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Konchilarning bu galgi raqibi - Qozog'iston super ligasi vakili "Qaysar" (Qizilo'rda) futbolchilari bo'ldi. O'tgan mavsumda o'z milliy chempionatida beshinchi o'rinni egallagan qizilo'rdaliklar uchun ham mazkur o'yin Turkiyadagi uchinchisi sanaladi. Bungacha ular "CHenomorec"(Odessa, Ukraina) va "Kuban" (Krasnodar, Rossiya) jamoalari bilan kuch sinashgan bo'lsa, ularning har ikkisida ham (1:3 va 1:2) hisoblarida mag'lubiyatga uchrashgan edi.

"Qaysar"ni ikki yildan beri o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan mutaxassis Dmitriy Ogay boshqaradi. U 1981-82 yillarda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi sharafini himoya qilgan.

O'yin tafsilotlariga qisqacha to'xtalsak, uchrashuvning birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi.  Ammo standart vaziyatlardan unumli foydalanishda omad qizilo'rdaliklarga kulib boqdi. 21-daqiqada "Qaysar" vakillari burchakdan to'pni o'yinga kiritdilar. Bu vaziyatda qozog'istonlik hujumchi Eljas Atinbekov barchadan baland sakrab, to'pni boshi bilan darvoza to'riga joyladi - 0:1.

SHundan so'ng, konchilar barcha etiborni hujumga qaratishdi. Juda ko'plab golga tortadigan vaziyatlar yuzaga keltirildi. Ammo aksariyat qulay imkoniyatlardan foydalanishda Yuriy Lukin shogirdlari  bir muncha oqsashdi. Jumladan, 34-daqiqada Andrey Derkach hujumchi Vyacheslav SHevchenkoni darvozabon bilan birga bir vaziyatga olib chiqdi. Afsuski, hal qiluvchi pallada Slavaga sovuqqonlik etishmadi.

Tanaffusdan so'ng, tashabbus to'liq "Qizilqum" futbolchilari tomonida bo'ldi. Garchi, o'yin kuchli yomg'ir ostida o'tgan bo'lsa-da, bu maydondagi shiddatni susaytira olmadi. Ikkinchi bo'limda konchilar tarkibida amalga oshirilgan o'zgarishlar o'yin suratini oshirdi. Andrey Derkach va Alisher Sanoevlarning kuchli zarbalari yo'liga "Qaysar" darvozasi ustuni to'g'anoq bo'ldi. 76-daqiqada Feruz Boboqulov jarima maydonchasi ichkarisida qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi.

Qisqacha aytganda, "Qizilqum" jamoasi "Qaysar"ga qarshi bahsda avvalgi ikki uchrashuvga nisbatan bir muncha chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etdi.  Biroq maydondagi ustunlik yakuniy hisobda o'z aksini topmadi, xolos.

"Qizilqum" jamoasi murabbiylar shtabi uchrashuvda quyidagi tarkibni maydonga tushirdi:

Artyom Makosin, Fayzulla Qambarov, Akmal Rustamov, Azizbek Usmonov, Mirjalol Qurbonov, Alisher Sanoev, Andrey Derkach, Farruh Haydarov, Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobov, Alisher Xoliqov.

Zaxiradan  maydonga tushganlar: Feruz Boboqulov, Bobirjon Iskandarov, Ruslan Sanaev,  Sarvarjon Xolmatov, G'ayrat Jumaev.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" futbolchilari navbatdagi nazorat uchrashuvini 25 fevralda o'tkazadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика