So’nggi yangiliklar

17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  1 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   14 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  4 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  10 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  6 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1

“Qizilqum” “Hokim kubogi” turnirini durang bilan boshladi Yangiliklar

“Qizilqum” “Hokim kubogi” turnirini durang bilan boshladi

Teglar :  Qizilqum
SHu kunlarda Farg'ona shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ananaviy “Hokim kubogi” turnirida ishtirokini boshladi.

Quraga ko'ra, musobaqaning “V” guruhida qatnashayotgan navoiyliklar dastlabki turda Quvasoyning “Cementchi” futbolchilariga qarshi maydonga tushdi. Yomg'ir aralash yoqqan qor ostida kechgan mazkur bahs “Istiqlol” stadioni qoshidagi suniy maydonda o'tkazildi.

O'yin konchilarning to'liq ustunligida o'tgan bo'lsa-da, ammo har ikki jamoa azolari o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qoldilar. O'yinning ikkinchi bo'limi ayniqsa shiddatli kechdi. Unda “Qizilqum” vakillari bir necha bor golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Jumladan, Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobovlarning raqib darvozasiga yo'llagan zarbalari yo'liga bir necha bor darvoza ustuni va to'sini to'g'anoq bo'ldi.

Mazkur o'yinda “Qizilqum” tarkibida o'tgan mavsumni “Buxoro” jamoasida o'tkazgan Otabek Narzullaev maydonga tushdi. Agar bu futbolchining xatti-harakatlari murabbiylarga maqul kelsa, yangi mavsum oldidan Otabek bilan shartnoma imzolanadi.

SHuningdek, bugun jamoa mashg'ulotlariga tajribali yarim himoyachi Ruslan Vagapov (“Metallurg”) kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Hakamlar hujjatidan ko'chirma:

Hokim kubogi

“V” guruhi, 1-tur.

29 yanvar

“Qizilqum” (Navoiy) - “Cementchi” (Quvasoy) - 0:0.

Bosh hakam
: Ravshan Kopadze

“QIZILQUM”:  Artyom Makosin, Alisher Yusupov, Georgiy Kvesieshvili, Fayzulla Qambarov, Akmal Rustamov, Samandar SHodmonov, Ilhom Yunusov, G'ayrat Jumaev, SHerali Jo'raev, Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Andrey Derkach, Otabek Narzullaev, Alisher Xoliqov.

“CEMENTCHI”: Eldor Isaboev, Jamshid Qobulov, Oqil Mahmudov, Abduxoliq Qurbonov, Jo'rabek Yoqubov, Eliyor Mamasoliev, Sardor Sotiboldiev, Alisher Fayzullaev, Aziz Matkarimov, Muhammadsulton Fozilov, Eliyor Akbarov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Farrux Turdialiev, Rahmatullo Meliboev, Isroil Tursunov, Bahodir Qodirov, Davlat Yorbekov, Rizo Ayvazov, Jasur Abdurahmonov.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” jamoasi navbatdagi uchrashuvni 30 yanvar kuni o'tkazadi. SHu kuni “Neftchi-2” futbolchilari navoiyliklar raqibi bo'ladi. O'yin soat 15.30 da Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика