So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Qizilqum Hamza Karimov, Erkin Boydullaev va Vohid SHodiev bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Qizilqum Hamza Karimov, Erkin Boydullaev va Vohid SHodiev bilan shartnoma tuzdi

Teglar :  Qizilqum
SHu kunlarda mamlakatimiz oliy liga jamoalari ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni qizg'in davom ettirishyapti.

Navoiyning “Qizilqum” futbolchilari  qisqa muddatli yozgi tatildan so'ng, 8 iyul kuni o'z qarorgohlarida yig'ilishgandi.

Rejaga ko'ra, navoiyliklar 12 iyul kuni Toshkentda “Futbol-MED” sog'lomlashtirish markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Ayni paytda mavsumning ikkinchi yarmiga hozirlik ko'rayotgan konchilar poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirishmoqda.

Birinchi davra uchrashuvlaridan so'ng, “Qizilqum” futbol klubi rahbariyati ukrainalik legionerlar Andrey Derkach hamda Vyacheslav SHevchenkolar bilan amaldagi shartnomalarni bekor qildi. Jamoa tarkibida bir qator o'zgarishlar yuz berishi kutilyapti. Jumladan, klub rahbariyati tanaffus chog'ida himoyachi Hamza Karimov, yarim himoyachi Erkin Boydullaev (“Nasaf”), hujumchi Vohid SHodiev (“Perak”, Malayziya)lar bilan rasman shartnoma imzoladi.

Hozirda jamoa mashg'ulotlarida turli yillarda “Neftchi”, “Andijon”, “SHo'rtan” jamoalarida o'ynagan SHukur Jumaboev, o'tgan mavsumda “Olmaliq” hamda birinchi davrada “Andijon” tarkibida to'p surgan bolqonlik Nemanya Yovanovichlar qatnashmoqda.

18 iyul kuni “Qizilqum” futbolchilari Toshkent yig'ini doirasida ilk nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Unda navoiyliklar “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashdi.

O'yinda har ikkala jamoa murabbiylari bir qator yangi futbolchilarga imkoniyat berdi. Birinchi bo'limda navoiyliklar maydonda sezilarli ustunlikka ega bo'lishdi. Dastlab Samandar SHodmonov hisobni ochdi. So'ngra birinchi bo'lim oxirlarida qo'qonliklar o'z jarima maydonchasi ichida o'yin qoidasini buzdi. 11 metrli nuqtaga yaqinlashgan Ilhom Yunusov nishonni aniq oldi - 2:0.

Tanaffusdan keyin “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi tarkibda yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazdi. Ulardagi uyushqoqlik tez orada o'z samarasini berdi. Avvaliga Maruf Zokirjonov hisobdagi farqni qisqartirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay Otabek Zokirov muvozanatni tikladi.

Aksariyat muxlislar o'yin durang bilan tugashini taxmin qilayotgan bir pallada bolqonlik legioner Nemanya Yovanovich gol muallifiga aylandi va “Qizilqum” jamoasi g'alabasini taminladi - 3:2.

O'rtoqlik uchrashuvida jamoalar murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi:

“QIZILQUM”: Erkin Jabborov, Georgiy Kveseishvili, Fayzulla Qambarov, Alisher Yusupov, G'ayrat Jumaev, Erkin Boydullaev, Samandar SHodmonov, Ilhom Yunusov, Otabek Narzullaev, Vohid SHodiev, Bahriddin Vahobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Nemanya Yovanovich, Akmal Rustamov, SHerali Jo'raev, Eliyorjon Akbarov, SHukur Jumaboev.

“QO'QON-1912”: Aziz Ashurov, Maruf Zokirjonov, Jalil Kimsanov,  Doston Tursunov, Nodir Yuldashev, Otabek Zokirov, Bahodir Akramov, Abdulloh Olimov,  Javohir Siddiqov, Suhrob Berdiev, Orif Mamajonov.

Zahiradan maydonga tushganlar: Ruslan Matniyazov, SHohrux Xolmatov,  Aziz G'ulomxo'jaev, Ibrohim Rahimov, Iqbol Malikjonov, I. Abdug'aniev, I. Olimboev, Aziz To'xtaboev, Nosir Otaqo'ziev.

Gollar: Maruf Zokirjonov (52), Otabek Zokirov (58) - Samandar SHodmonov (26), Ilhom Yunusov (41-pen.), Nemanya Yovanovich (83).

Hakamlar: Olimjon Tolibjonov, Akbar Po'latov, Temur Galeev (barchasi - Toshkent).

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика