So’nggi yangiliklar

22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  0 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  55

"Qizilqum": Dastlabki yig'in Navoiyda o'tkazilmoqda Yangiliklar

"Qizilqum": Dastlabki yig'in Navoiyda o'tkazilmoqda

O'zbekiston XXII milliy chempionati oliy ligasida o'z mavqeini saqlab qolgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ymoqda.
Qishki tatilni yakunlagan konchilar 20 dekabrdan mashg'ulotlarga kirishdi. Jamoa azolari Yuriy Lukin bosh murabbiyligida ilk yig'inni 30 dekabrga qadar o'z qarorgohlarida tashkil etishni rejalashtirishgan.
 
Ayni paytda Navoiydagi “So'g'diyona” stadionida uyushtirilayotgan mashg'ulotlarda yigirma besh nafar futbolchi ishtirok etyapti. Unda asosan o'yinchilarning jismoniy tiklanishiga etibor qaratilmoqda.
 
Tarkibda o'zgarishlar xususida shuni aytish mumkinki, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Olmaliq”, “So'g'diyona”, “Nasaf” futbol klublaridan taklif qilingan va ijara asosida to'p surgan barcha futbolchilar o'z jamoalari ixtiyoriga qaytib ketishgan.
 
“Qizilqum” futbol klubi bosh direktori Hamid Aktamovning bildirishicha, yangi mavsumda navoiyliklarning munosib ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Jumladan, hozirda bir qator tajribali va etakchi futbolchilar bilan muzokaralar olib borilyapti. Ularning nomi klub bilan rasman shartnoma tuzilgach, malum qilinadi. Ammo, shuni takidlash mumkinki, mo'ljaldagi futbolchilar o'tgan mavsumda “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Neftchi”, “Nasaf”, “Metallurg” jamoalarida to'p tepgan. Bundan tashqari, mamlakatimiz muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan va Navoiy futboli maktabi tarbiyalanuvchisi, hujumchi Vladimir SHishelovning ham “Qizilqum” tarkibiga qo'shilishi kutilmoqda.
 
Ayni chog'da mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan futbolchilarni asosan mahalliy o'yinchilar tashkil etadi. Yangilarning esa Yangi yil bayramidan so'ng, aniqrog'i, 5 yanvardan Navoiy shahrida davom ettiriladigan navbatdagi bosqich o'quv-mashg'ulot yig'iniga kelib qo'shilishi kutilmoqda.
 
Yana shuni eslatib o'tish kerakki, viloyat hokimligi va klub bosh muassisi - NKMK tomonidan “Qizilqum” jamoasi uchun yil yakuni hamda Yangi yil sharafiga bayram dasturxoni uyushtirishni mo'ljallagan. Tantanali tadbir 22 dekabr kuni Navoiy shahrida o'tkaziladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика