So’nggi yangiliklar

18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  0 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  24 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  3 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0

"Qizil iblislar"ga qarshi "qizillar" Yangiliklar

"Qizil iblislar"ga qarshi "qizillar"

Bugun Angliya Premer-ligasining 30-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi.

Premer Liga, 30-tur.
SHanba, 10 mart 2018 yil
Boshlanish vaqti: 17:30
"Manchester Yunayted" - "Liverpul"
"Old Trafford"
, Manchester.


TARKIBLAR HOLATI

"Manchester Yunayted"


MYUning "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborgan Antoni Marsyalning holatiga aniqlik kiritilmagan. Ander Errera esa hali ham jarohatidan tiklanmoqda, aniqki u uchrashuvda maydonga tushmaydi. Joze Mourinoning gaplariga ko'ra, Maruan Fellayni safga qaytishga yaqin turibdi.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlanganlar: Blind, Ibragimovich, Jons, Roxo, Errera, Marsyal.
So'roq ostida: Pogba (jarohat).



"Liverpul"

Yurgen Klopp "Portu"ga qarshi o'yinda oyog'ida og'riq his qilgan Jordan Xendersonni tarkibga qaytishiga umid qilmoqda. SHamollab qolgan Jorjino Viynaldum sheriklariga yordam berishi mumkin. Himoyachi Natanel Klayn klub zaxira jamoasi bilan shug'ullanishni davom ettirmoqda, biroq u asosiy tarkib bilan o'ynashga tayyor emas.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlanganlar: Klayn.
So'roq ostida: Viynaldum, Xenderson.



"Manchester Yunayted"
Jamoaning barcha turnirlardagi so'nggi 5 o'yini: G'-G'-D-G'-M
2-o'rin, 62 ochko

"Manchester Yunayted" bu mavsum barcha turnirlarda "Old Trafford"da bir marta - "Manchester Siti"ga mag'lub bo'ldi. 16 marta g'alaba qozonib, 2 marta durang o'ynadi.

APLning bu mavsumidagi 14 uy uchrashuvida 6 gol o'tkazib yubordi. "Yunayted" o'tgan mavsum shu davriga qaraganda 8 ochko ko'proq to'plashga erishdi.
"Yunayted" kuchli oltilikdagi jamoalarga qarshi bu mavsumda (3 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat) o'tgan yilgisidan (2 g'alaba, 4 durang, 4 mag'lubiyat) ko'ra yaxshiroq natija qayd etmoqda.

Premer-liga doirasida "Yunayted"ning zaxiradan tushgan futbolchilari 10 bora (Marsyal - 4, Lingard - 3, Reshford - 2 va Fellayni - 1) gol urishdi. Bu esa ligadagi barcha jamoalar orasidagi eng yaxshi natija. Agarda yana zaxiradan tushgan futbolchi bir bora gol ursa, jamoaning 1998/99, 1999/2000 va 2010/11 yilgi natijasi takrorlanadi.

Joze Mourino Yurgen Klopp jamoalari bilan bahslarda faqatgina bir marta g'alabaga erishgan (4 durang, 1 mag'lubiyat).



"Liverpul"

Jamoaning barcha turnirlardagi so'nggi 5 o'yini: D-G'-G'-G'-G'
3-o'rin, 60 ochko

"Liverpul" ayni damda juda yaxshi jismoniy holatda. Klub APLning so'nggi 10 uchrashuvida 25 ochko to'pladi (8 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat). So'nggi 12 bahsning 11tasida kamida ikkitadan ko'proq gol urildi.

Klopp jamoasi APLning so'nggi 20 o'yinining 1tasida mag'lub bo'ldi.

Mersisaydliklar Premer-liga doirasida safar uchrashuvlarida 34 gol urgan holda kuchli beshlik ligalarida "Lion" bilan birga eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etib turishibdi.

Jamoa barcha turnirlarda so'nggi 3 safar uchrashuvida javobsiz 10 to'p kiritgan.

"Liverpul" kuchli oltilik jamoalari bilan uchrashuvlarda 10 ochko (2 g'alaba, 4 durang) ishlagan. "Liverpul" safarda asosiy raqobatchi jamoalari bilan o'yinlarda  3 o'yinda 1 ochko olgan. Ulardan 12 gol o'tkazib yuborgan. O'tgan mavsumda Klopp jamoasi kuchli beshlik jamoalariga mag'lub bo'lmagandi (4 g'alaba, 4 durang), 9 gol o'tkazib yuborgan.


Futbolchilar haqida malumotlar

"Manchester Yunayted"
To'purar:
Romelu Lukaku - 23 gol (Ligada 14)

Lukaku APLda 99 gol urishga erishgan. Agarda u birgina gol urishga erishsa, o'z yoshida 100ta gol urgan futbolchilarning beshinchisi bo'ladi. O'tgan mavsumda bu ishni "Tottenxem" azosi Xarri Keyn uddalagandi.

Lukaku "Liverpul"ga qarshi o'tkazgan ilk 4 bahsida 4 gol kiritgan. Qolgan 8 qarama qarshiligida esa faqatgina bir to'p kiritgan. U APL doirasida top-6 jamoalariga qarshi uchrashuvlarning 64 tasida 16 bora darvozani ishg'ol etgan (o'rtacha 1 o'yinga 0,3 gol), qolgan jamoalar bilan o'tkazgan 150 uchrashuvida 83 to'p kiritgan (o'rtacha bir o'yinga 0,6 gol).

Lukaku "Old Trafford"dagi so'nggi 4 uchrashuvida 4 gol urdi.

Darvozabon David De Xea ayni damda "quruq o'yin" o'tkazish bo'yicha Premer-ligada etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 15ta shunday bahs bor. Unga yaqin bo'lgan Tibo Kurtua, Ederson va Loris 13 o'yinda gol o'tkazib yubormagan.


"Liverpul"

To'purar: Muhammad Salah - 32 gol (Ligada 24)



O'ZARO O'YINLAR


Jamoalar barcha turnirlarda o'zaro 199 bora to'qnash kelishgan. "Yunayted" 79, "Liverpul" esa 65 uchrashuvda g'alaba qozongan. 55 bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. Demak bugungi bahs 200-si bo'ladi.

Tomonlarning so'nggi 4 uchrashuvida durang qayd etilgan. APL doirasidagi so'nggi 3 bahsda ham g'olib aniqlanmagan. Tomonlar 1921 yildan beri liga doirasida ketma-ket 4 marta durang o'ynashmagan.

Angliya chempionati doirasida jamoalar o'zaro 170-marta to'qnash kelishadi. "Yunayted" hisobida 67, "Liverpul"da esa 55 g'alaba bor. 47 uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Liverpul" 2014 yilning martidan buyon "Yunayted"ni safarda mag'lub eta olmagan (0:3). 2014/15, 2015/16 yilgi mavsumda "iblislar" ushbu raqibini ham uyda, ham safarda mag'lub eta olgan.

MYU APL doirasida "Liverpul"ga qarshi "Old Trafford"da o'tgan so'nggi 13 uchrashuvining 10tasida g'alaba qozongan. "CHelsi", "Manchester Siti" (6 marta) "Liverpul"dan (5 marta) ko'ra ko'proq "Yunayted" maydonidan g'alaba bilan qaytgan.

Tomonlarning o'zaro o'yinlarida 16 bora qizil kartochka ko'rsatilgan.



UYDA VA SAFARDA

Liga (APLdan oldin): "Yunayted" 67 g'alaba, "Liverpul" 55, durang 47
APL: "Yunayted" 27 g'alaba, "Liverpul" 13, durang 11


"YUNAYTED" MAYDONIDA

Liga (APLdan oldin): "Yunayted" 42 g'alaba, "Liverpul" 16, durang 26
APL: "Yunayted" 15 g'alaba, "Liverpul" 5, durang 5.


O'tgan mavsum "Old Trafford"dagi o'yin
"Manchester Yunayted" 1-1 "Liverpul"
15 yanvar, 2017 yil
Bosh hakam: Maykl Oliver.
Gollar: Milner 27 (penalti) - Ibragimovich 84.


Birinchi davradagi o'yin
"Liverpul" 0-0 "Manchester Yunayted"
14 oktyabr, 2017 yil
Bosh hakam: Martin Atkinson.


UCHRASHUV HAKAMLARI
Bosh hakam:
Kreyg Pouson.
Bu mavsumda barcha turnirlarda 26 o'yin o'tkazdi. 91 sariq, 4 marta qizil kartochka ko'rsatdi.
Qanot hakamlari: Gari Besuik, Piter Kirkup.
Zaxiradagi hakam: Martin Atkinson.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика