So’nggi yangiliklar

23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  0 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  23 21:18"Тоттенхэм" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 21:02"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  16 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  21 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  6 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  4

"Qizil iblislar" bugun "oqqushlar"ni "ovlashadimi"? (APL. Prevyu) Yangiliklar

"Qizil iblislar" bugun "oqqushlar"ni "ovlashadimi"? (APL. Prevyu)

Bugun Angliya Premer-ligasida ikkinchi tur bellashuvlariga start beriladi.

Dastlabki turda yakunlovchi o'yinda maydonga tushgan "Manchester Yunayted" bu safar "Suonsi"ga qarshi bahs bilan turni ochib beradi. Quyida ana shu uchrashuv prevyusini etiboringizga havola etamiz.

APL, 2-tur
"Suonsi" – "Manchester Yunayted"

19.08.2017, 16:30
"Liberti stedium"
Bosh hakam:
Jonatan Moss (Yorkshir)

Pol Klement boshchiligidagi "Suonsi" chempionatni "Sautgempton" uyidagi nursiz durang bilan boshladi. 3 kun oldin jamoa etakchisi Gulfi Sigurdsson "Everton"ga o'tib ketdi. Kamiga, asosiy hujumchi Fernando Lorenteda jarohat bor. Hujumdagi bu muammolar Jordan Ayyu va Tommi Abraxamlar evaziga yopilishi mumkin. Lekin, qay darajada yopilishi nomalum. Ayniqsa, Sigurdssonning o'rnini hech kim bosa olmaydi "Suonsi"da. Jarima va burchak zarbalarini qoyilmaqom bajarish, uzoqdan kutilmagan va xavfli zarbalar, o'yinni boshqarish kabi hislatlar islandiyalik futbolchiga yangi jamoasida ham asosiy rollardan birini bajarishda yordam berishi shubhasiz.



Birinchi turda eng ishonchli o'yin va eng yirik hisobdagi g'alabani Joze Mourino boshchiligidagi "Manchester Yunayted" qo'lga kiritdi. "Qizil iblislar" Fergi amaki ketganidan keyin ilk bor mavsumni bunchalik ishonch bilan boshlashdi. Dastlabki turga bag'ishlangan prevyuda jamoa bu yil chempionlik uchun kurashadigan kuchga egaligini aytib o'tgan edik. MYU barcha chiziqlarda juda yaxshi o'ynadi, lekin bu APL va unda istalgan natija qayd etilishi mumkin. Bugun manchesterliklar favorit bo'lishadi, lekin mezbonlardan ham syurpriz kutish mumkin. Hozir jamoa tarkibi rotaciyalar qilishga imkon beradi. Lyuk SHou, Markos Roxo va Eshli Yanglarda jarohat bor. Qolganlar soppa-cog' va o'yinga tayyor. Birinchi turda Mour jamoaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Ander Errerani zaxirada qoldirdi. Bu Erreraning yaxshi formada emasligidan emas, balki murabbiy o'yinchilarni almashtirib o'ynatishni boshlab yubordi. Esingizda bo'lsa, Ander Evropa Superkubogida "Real"ga qarshi asosiy tarkibda tushgan edi. Oldinda uzoq va mashaqqatli mavsum turganini inobatga olgan "Special One" doimiy tarzda rotaciya qilishini taxmin qilish qiyin emas.



Qiziq:

- "Suonsi" Premer-ilga doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazilgan 12ta uchrashuvning birortasida ham nolga o'ynay olmagan;
- "Oqqushlar" APLda oltita o'yindan beri yutqazishmayapti (4 g'alaba, 2 durang, 0 mag'lubiyat);
- Bugun Romelu Lukaku gol ursa, MYU tarkibida dastlabki ikkita Premer-liga o'yinida to'p kiritgan beshinchi futbolchiga aylanadi. Bungacha, Zlatan Ibragimovich, Antoni Marsyal, Federiko Makeda va Lui Saalar mana shunday natija qayd etishgan.



Murabbiylar fikrlari:

Pol Klement ("Suonsi"):
"Bizda ishonch bor, sababi o'tgan mavsum "Manchester Yunayted"ga qarshilik ko'rsata olgan edik. Muxlislarimiz qarshisida yana bir bor to'p tepishni sabrsizlik bilan kutayapmiz".

Joze Mourino ("Manchester Yunayted"): "Sautgempton"dek yaxshi jamoaga qarshi safarda bir ochko olish ular uchun ajoyib natija. SHu sabab, men juda og'ir o'yin kutayapman".


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика