So’nggi yangiliklar

10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  2 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  3 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  4 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  7 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  9 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  9

"Qizil iblislar" bu safar kimga to'rtta gol uradi? (Prevyu) Yangiliklar

"Qizil iblislar" bu safar kimga to'rtta gol uradi? (Prevyu)

Bugun APLda 3-turga start beriladi. Championat.asia sayti xodimi Tolibjon Qosimovdan Premer-liga o'yinlariga bag'ishlangan prevyularni o'qishda davom eting.


Dastlabki ikkita tur bizga ajoyib qarama-qarshiliklarni taqdim etib berdi. Bu tur ham gollarga boy va qiziqarli o'tishini kutib qolamiz. Quyida bugun bo'lib o'tadigan o'yinlar prevyusini etiboringizga havola etamiz. Ushbu prevyu chiqqan vaqtda "Bornmut" – "Manchester Siti" o'yini boshlanib bo'lishi sabab bu bahsga to'xtalib o'tirmadik.

APL, 3-tur
"Kristal Pelas" – "Suonsi"
26.08.2017, 19:00
"Selxerst Park"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem)

Gollandiyalik Frank De Burning Angliyadagi murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatsiz boshlandi. "Kristal Pelas" dastlabki ikki turda gol ura olmay mag'lub bo'ldi. Bir qarashda "burgutlar"ning tarkibi yaxshidek, ammo himoyadagi muammolar bartaraf etilmagan. Jamoa mavsumga tayyor holda etib kela olmagani ko'rinib qoldi.

"Suonsi" juda katta yo'qotishga uchradi. Jamoaning asosiy etakchisi Gulfi Sigurdsson "Everton"ga o'tib ketdi. Bu o'yinga sezilarli tasir qilishi tayin. Qiyin paytda individual harakatlari evaziga yordamga keladigan islandning o'rnini bosa oladigan o'yinchi ayni paytda Uels klubida yo'q.

Qiziq:

- Bu jamoalarning o'tgan mavsumdagi ikkita o'yinida muxlislar jami 12ta gol ko'rishgan. 2016-2017 yilgi mavsumdagi eng sermahsul juftlik;
- Frank de Bur "Kristal Pelas" bosh murabbiyi sifatida dastlabki ikkita o'yinda engildi. SHu kunga qadar faqat germaniyalik Martin Yol o'zining birinchi uchta o'yinida mag'lub bo'lgan (to'rtinchisida g'alaba qozongan).



"Xaddersfild" – "Sautgempton"
26.08.2017, 19:00
"Gelfarm"
Bosh hakam:
Styuart Atvell (Nunaton)

APL debyutanti hisoblangan "Xaddersfild" mavsumni fantastik boshladi. 2 o'yin, 2 g'alaba, to'plar nibati - 4:0. Hozircha faqat MYU bundan yaxshiroq ko'rsatkichga ega. Debyutantning himoyasi yomon ko'rinmayapti.

"Sautgempton" oldingi ikkita o'yinda 4 ochko jamg'ardi va bu ular uchun yaxshi natija. Lekin, mavsumni alo kayfiyatda boshlagan debyutantga qarshi safarda to'p tepish oson bo'lmasligi aniq.

Qiziq:

- "Xaddersfild" mavsumni ikkita g'alaba bilan boshladi. "Bolton" 2001-2002 yilda mavsumni uchta g'alaba bilan boshlagan so'nggi debyutant bo'lgan edi;
- "Xaddersfild" oldingi ikkita turda ham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. "CHarlton" 1998-1999 yilda mavsumni uchta o'yinni nolga o'ynab boshlagan so'nggi debyutant bo'lgan edi;
- "Sautgempton" 2017 yilda uydan ko'ra (11 o'yinda 3 g'alaba) safarda (10ta bahsda 4 g'alaba) ko'proq g'alabani qo'lga kiritgan.



"Nyukasl" – "Vest Xem"
26.08.2017, 19:00
"Sent-Jeyms Park"
Bosh hakam:
Nil Suorbrik (Lankashir)

"Nyukasl" mavsumni boshini barbod qildi. Benites shogirdlari ikkita o'yinda bitta ham gol urmay mag'lub bo'lishdi. Bundan tashqari, Liga kubogida "Nottingem Forest"ga yutqazib (2:3) musobaqadan chiqib ketishdi. Yozda bir qarashda etarlicha transferlarni amalga oshirgan "Nyukasl" o'zi o'nglab olishi kerak. O'z maydonida qo'lga kiritiladigan g'alaba o'yinchilarga biroz bo'lsada ishonchni qaytaradi.

"Vest Xem" ketma-ket uchinchi o'yinni ham safarda o'tkazishadi. Lekin, bu narsa ularga o'zini oqlash imkonini bermaydi. Yozda Jo Xart, Arnautovich, CHicharito kabi ishonchli va kuchli futbolchilarni qo'shib olgan "bog'aurarlar"ning ikkita mag'lubiyatini ko'pchilik kutmagan edi. Jamoa muxlislarini quvontiradigan yagona jihat asosiy snayper Xaver Ernandes o'tgan turda ikkita gol urgani bo'lishi mumkin. Meksikalik hujumchi gollarni hisobini ochib oldi, buyog'iga uni davom ettirishi turgan gap.

Qiziq:

- "Nyukasl" klubi "Vest Xem"ga qarshi oxirgi 13ta APL o'yinida bor yo'g'i bir marotaba mag'lub bo'lgan (7 g'alaba, 5 durang, 1 mag'lubiyat);
- CHicharito "Nyukasl"ga qarshi Premer-ligada asosiy tarkibda tushgan oxirgi to'rt o'yinida uchta gol urgan.



"Uotford" – "Brayton"
26.08.2017, 19:00
"Vikarij Roud"
Bosh hakam:
Grem Skott (Oksfordshir)

Qiziq:

- "Uotford"ning ikkita o'yindagi beshta goliga beshta o'yinchi mualliflik qildi (Stefano Okaka, Abdulaye Doukur, Migel Britos, Risharlison, Eten Kapu);
- "Uotfrd" hujumchisi Andre Grey "Brayton"ga qarshi oldingi to'rtta liga o'yinining barchasida gol urgan;
- "Brayton" jamoasi "Vikarij Roud"dagi oxirgi 7 o'yinida to'rtta gol urgan, gollarning hammasi tanaffusdan keyin kiritilgan.



"Manchester Yunayted" – "Lester"
26.08.2017, 21:30
"Old Trafford"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend)

"Manchester Yunayted" mavsumni daxshatli boshladi. Ikkita o'yinda "Vest Xem" va "Suonsi" ustidan bir xil 4:0 hisobidagi g'alaba va jamoa ishonch bilan peshqadam bo'lib turibdi. 2 kun oldin klub Zlatan Ibragimovich bilan yangi shartnoma imzoladi, Ibra qishda safga qaytishi kutilmoqda. Bu ayni o'yinlar qizigan payt bo'ladi va bu jihat Mourga markaziy hujumda rotaciya qilish imkonini beradi. Birinchi turga bag'ishlangan prevyuda MYU bu mavsum chempionlik uchun jiddiy kurashishini taxmin qilgan edik, ko'rib turganingizdek "qizil iblislar" chempionatni kutilganidan ham yaxshiroq boshlashdi.

Mamlakatningg ikki yil oldingi chempionlari mavsumni "Arsenal"ga qarshi yorqin va ochiq o'yin bilan boshlashdi. SHunga qaramay, "to'pchilar"dan engilgan "tulkilar" o'tgan turda "Brayton"ni taslim etdi. Lekin, MYUning hozirgi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak SHekspir shogirdlari "Old Trafford"dan ochko olib qaytishlari dargumon.



Qiziq:

- "Manchester Yunayted" jamoasi "Lester"ga qarshi 22ta APL o'yinidan faqat ikkitasida mag'lub bo'lgan, ulardan biri 1998 yilning yanvarida sodir bo'lgan (0:1);
- Genrix Mxitaryan Premer-ligada bu yil to'rtta golli pas berishga ulgurdi. Armanistonlik futbolchi bugun ketma-ket uchta o'yinda ikkitadan golli pas bergan tarixdagi birinchi futbolchiga aylanishi mumkin.

Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика