So’nggi yangiliklar

15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  3 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  10 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  6 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  26 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  1 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  34

Qishning eng muhim futbol voqealari Yangiliklar

Qishning eng muhim futbol voqealari

Teglar :  Oltin to'p
Bazilar qishda futbolga bo'lgan qiziqish pasayadi desa xato qiladi.

Qishda futbol olamida ro'y beradigan eng qiziq voqea va tadbirlar ro'yxatini etiboringizga havola qilamiz.


Afrika millatlar Kubogi finali (U23) - 12 dekabr, 17:30


Yoshlar o'rtasidagi Afrika Kubogi boshqa qita vakillarining qiziqishiga sabab bo'lmas, ammo turnir sovrindorlari 2016 yilda bo'ladigan Rio Olimpiadasiga yo'llanma olishi musobaqaga muxlislarini oshirishi mumkin. Bundan tashqari jahonning eng yirik klublaridan kelgan skautlar hissiyotlarga boy turnirni diqqat bilan kuzatib boradi.

Avvaliga musobaqa Kongo DRda bo'lib o'tishi kerak edi, ammo ular bunday katta masshtabdagi turnirga tayyor emasliklarini bildirdi va Afrika futbol konfederaciyasi ushbu musobaqani Senegalga topshirdi.

CHempionatda sakkiz terma jamoa ishtirok etadi: Saralashdagi eng yaxshi 6 jamoa, 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi turnirning amaldagi g'olibi (Misr) va mezbon. Final va uchinchi o'rin uchun o'yin mamlakatning eng yirik arenasi - Dakarda joylashgan Senegal prezidenti nomidagi Leopold Sengor stadionida (60 ming muxlisga mo'ljallangan) bo'lib o'tadi.


Evro-2016 qura - 12 dekabr


12 dekabr kuni Evropa chempionatining final raundi uchun qura tashlanadi va bu tadbirga bo'lgan etibor juda katta bo'lishi aniq.

Tarixda ilk marotaba Evroda 24ta jamoa ishtirok etadi. SHu tufayli guruhlar soni 4tadan 6taga ko'payapdi va turnirda 1/8 final ham bo'lib o'tadi.


Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali - 21 dekabr 05:30


Dekabrning ikkinchi qismida sayyoramizning eng kuchli klubi aniqlanadi. Bu so'rovlar yoki ovoz berishlar emas, maydondagi haqiqiy jang.

Sovrin uchun asosiy kurash har doimgidek ikki qita vakillari o'rtasida bo'lishiga hech kim shubha qilmayotgan bo'lsa kerak. "Bavariya" va "Real"ning turnirdagi so'nggi muvaffaqiyatlari Evropani Janubiy Amerikadan ustunligini (7:4) isbotladi. Janubiy amerikaliklarning barcha to'rt sovrinini Braziliya klublari olib bkergan.

Bu safar Janubiy Amerika qitasi sharafini Argentinaning "River Pleyt" klubi himoya qiladi. Ularga oson bo'lmasligi aniq, chunki argentinaliklar "Barselona" imtihonidan o'tishiga to'g'ri keladi. "Barselona"da bunday sovrinlarning ikkitasi bor va ular uchinchisini ham Ispaniyaga olib ketishi mumkin.

Yaponiyada o'tishi kutilayotgan turnir Evropa va Janubiy Amerika klublari uchun yarim finaldan boshlanadi.


"Boksing dey" - 26 dekabr


Butun Evropa bo'ylab futbol muzlay boshlagan bir paytda Angliyada aks holat yuz berayotgan bo'ladi. Premer-liganing eng qiziq qismi eski yilning so'nggi va yangisining ilk kunlarida bo'lib o'tadi.

"Boksing dey" - yanvar-fevral oylarida, Albionda o'tadigan futbol marafoni. 26 dekabrdan 3 yanvargacha APLning 3 turi bo'lib o'tadi! Kimlardir shirinlik va salatlar bilan bayramni nishonlasa, boshqalar maydonda raqiba darvozasini nishonga olib bilan band bo'ladi.


FIFA gala-kechasi - 11 yanvar


So'nggi yillar davomidagi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasidagi bahs bu yil ham to'xtamaslini aniq. So'nggi besh yil ichida ushbu ikki futbolchi "Oltin to'p"larni o'z muzeyiga olib ketishdi. Bu erda uchinchisi ortiqcha. Yana bir bor bu ikki yulduzdan biri "jahonning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini uyga olib ketishiga guvoh bo'lsak kerak. Har doimgidek tadbir 11 yanvarda SHveycariyaning Cyurix shahrida bo'lib o'tadi.

Bu kunda xuddi "klasiko"dagi kabi dunyo ikkiga bo'linadi: Lionel Messi - Krishtianu Ronaldu.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика