So’nggi yangiliklar

14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  1 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  60 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   16 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  20 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  2 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  13 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0

"Qirollar" "qurbaqalar" mehmoni (prevyu) Yangiliklar

"Qirollar" "qurbaqalar" mehmoni (prevyu)

Teglar :  prevyuLaLiga
Bugun, 3 fevral kuni LaLiganing 22-turidan o'rin olgan 4ta uchrashuv o'tkaziladi.

17:00. "Eybar" - "Sevilya"

"Eybar" "Sevilya" kabi haftaning o'rtasida Ispaniya Kubogi bahsida maydonga tushmagan bo'lsada, UEFA Kubogi va Evropa ligasining bir necha karra g'olibini mag'lub etish qiyin bo'ladi. Vinchenco Montellaning "Sevilya"si nafaqat chiroyli o'yini bilan hammani o'ziga rom etmoqda, balki kuchni teng taqsimlay oladigan raqibdek ko'rinmoqda. Mehmonlar ayni damda LaLigadagi voqealar rivojini tezlashtirish maqsadida emas, chunki ularning turnir jadvalidagi holatini yomon deb bo'lmaydi. Kubokdagi ishlarni o'nglashsa, chempionatga ham etibor qaratishadi... Hozircha "Eybar"ga qarshi kuchni tejab harakat qilgan maqul.


20:15. "Betis" - "Vilyarreal"

Bir qarashda ushbu bahs vaziyatlarga va gollarga boy o'tadi deyish mumkin, chunki "Betis" uy uchrashuvlarida yaxshi natija ko'rsatishga qodir, biroq "sariq suvosti kemasi" mehmonda ochko to'plash bo'yicha LaLiganing kuchli to'rt jamoasidan biri hisoblanadi. "Vilyarreal" yaxshi va barqaror natija ko'rsatmoqda. Har doimgidek "Vilyarreal" hujumdan avval himoya haqida o'ylaydi. "Sariq suvosti kemasi"ning mehmondagi so'nggi 4ta uchrashuvida 1tadan gol urishdi, uchtasida g'alaba, bittasida mag'lubiyat qayd etilgan.


22:30."Alaves" - "Selta"

Vitoriyaning klubi ketma-ket 4ta uchrashuvda g'alabaga erisha olmayapti, ammo "Alaves"ning uy uchrashuvlaridagi natijalari jamoa ochko olishi mumkinligiga ishora qiladi. Mezbonlar o'z arenasida o'tkazgan so'nggi 4ta bahsda 10 ochko ishlagan, LaLiganing ko'plab klublari "Alaves" mehmoni bo'lishdan qo'rqishadi. Vigo jamoasiga esa qaerda o'ynashning farqi yo'q. Agar "Selta"ning joriy mavsumda gol urmagan uchrashuvlarini hisoblaydigan bo'lsak, faqat 3ta shunday bahsni topishimiz mumkin.


00:45. "Levante" - "Real"

Ispaniya Kubogidan chiqib ketish "Real" uchun nafaqat kuchli shapatidek tuyuldi, balki Zinedin Zidan jamoasining foydasiga ishladi desak ham bo'laveradi. Franciyalik mutaxassis joriy mavsum avvalgisidan farqli o'laroq, rotaciyani to'g'ri amalga oshira olmayapti. Ayni damda "qaymoqranglilar" uchun faqat bir turnirda sovrin uchun kurashish juda muhim, tarkib ham shunga imkon beradi. CHempionlar ligasi qirollarining navbatdagi raqibi "qurbaqalar", yani "Levante". Mezbonlar o'z laqabi kabi LaLiga turnir jadvalining botqoqliklarida kun ko'rmoqda, biroq "Qirollik klubi" joriy mavsum taxallusiga mos emas. "Levante" "Real" uchun shirin bo'g'irsoqdek ko'rinmoqda. CHunki, "qurbaqalar" Ispaniya chempionati doirasidagi so'nggi ettita o'yinning birortasida g'alaba qozongani yo'q. SHunday ekan, bu bahsda faqat "Real" ochko oladi desak adashmagan bo'lamiz.


Uchrashuvlarni namoyish etadigan kanallar:

17:00. "Eybar" - "Sevilya" - Aleziya.com, Match TV. FUTBOL 3, Futbol TV.

20:15. "Betis" - "Vilyarreal" - Aleziya.com.

22:30. "Alaves" - "Selta"

00:45. "Levante" - "Real" - Aleziya.com, Match TV. FUTBOL 3, Futbol TV.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика