Qirg'izistonga qarshi o'yin "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi
13 may 2016 14:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/207845_original.jpg)
![](/upload/storage/207845_220.jpg)
Qirg'izistonga qarshi o'yin "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 3-saralash bosqichi o'yinlariga tayyorgarlik jarayonida Toshkentda Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish borasida kelishuvga erishdi.
Unga ko'ra, ikkala terma jamoa o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 2 iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00da boshlanadi.
Qirg'iziston milliy terma jamoasiga qarshi o'yindan so'ng, Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi terma jamoa JCH-2018 3-saralash bosqichi o'yinlari oldidan ilk yig'inini o'tkazish uchun Avstriyaga jo'nab ketadi. Avvalroq xabar berilganidek, Avstriyadagi yig'in davomida 7 iyun kuni Kanada terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 3-saralash bosqichi o'yinlarini 1 sentyabr kuni Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar