So’nggi yangiliklar

19:55Про лига. “Арал" меҳмонда "Олимпик"ни таслим қилди  0 19:37Скалони : "Энцо четлатилганидан кейин ҳам Аргентина босимни давом эттирди. Жамоа кучини текшириш учун жуда яхши имтиҳон бўлди"  0 18:45"Реал" ижтимоий тармоқларда энг оммабоп клуб, "Барса" – 2-ўрин, МЮ – 3-ўрин, ПСЖ – 4-ўрин...  1 18:16Фарруҳ Сайфиев: "Мундиалга бориб, шунчаки қатнашиш йўқ"  10 17:49ЖЛА бош котиби футбол клублари раҳбарлари билан учрашади  0 17:30"Милан" Леау учун 90-100 миллион евро талаб қилмоқда  0 16:20"Бавария" Нико Уильямсни сотиб олишни хоҳлайди. "Атлетик" вингери – ҳужумдаги устувор вариант  1 15:56Эшакнинг меҳнати ҳалол, ўзи ҳаромми?  55 14:47Интервью. Миржалол Қосимов: "Жиддий айтганда Жаҳон чемпионатига чиқишга энди тайёр бўлдик, бу натижа ўз-ўзидан келмади"  22 14:16Осиё Кубоги-2027 саралаш. Тожикистонда дуранг, Туркманистонда ғалаба  2 14:15Месси Хамесга Аргентина ва Колумбия ўйини вақтида: "Сен жуда кўп гапиряпсан"  6 14:01Игорь Сергеев: "Йиғлаб юборишимга бир бахя қолди"  23 13:27Сане "Бавария"ни тарк этишга қарор қилди. Вингер "Галатасарой"га ўтишга яқин  0 13:15"Манчестер Сити" 70 млн. еврога ярим ҳимоячи сотиб олди  2 12:56"Пахтакор" ва ўзбек футболи афсоналаридан бири Аҳрол Иноятов 80 ёшда  1

Qirg'iziston prezidenti qo'ng'irog'i, noodatiy vada va pley-offda hech kimdan qo'rqmayotgani haqida - Krestinin Yangiliklar

Qirg'iziston prezidenti qo'ng'irog'i, noodatiy vada va pley-offda hech kimdan qo'rqmayotgani haqida - Krestinin

Osiyo Kubogining "C" guruhida 3-turdan o'rin olgan Qirg'iziston - Filippin (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Aleksandr Krestinin g'alaba taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- Osiyo Kubogidagi ilk g'alaba bilan butun Qirg'iziston xalqini tabriklayman. Biz maydonda jangchilardek kurashdik. O'yinni esa sifatli o'tkazishga erishdik. Men musobaqa oldidan ham aytganimdek, Qirg'iziston terma jamoasi uchun uzoq yo'l endi boshlanmoqda. Terma jamoa tarixida yangi sahifa ochilmoqda. Hali qilinadigan ishlar ko'p. Qirg'iziston uchun ilk Osiyo Kubogda dastlabki golni kiritdik, ilk g'alabani tantana qildik. Endi qolgan guruhlardagi o'yinlarni kutib turamiz. Barcha narsa faqatgina bizga bog'liq emas. Uchrashuv yakuniga yaqin keraksiz golni o'tkazib yubordik. Umid qilamanki, ushbu g'alaba bizga pley-off eshigini ochiq uchun etarli bo'ladi.

- G'alaba qozonish doimo yoqimli. Agarda bu yutuq yaxshi raqib ustidan qo'lga kiritilsa, unda bu g'alaba tami yanada shirinroq bo'ladi. Muhimi, terma jamoamiz sifatli o'yin ko'rsatmoqda. Bu faqat bugun emas, balki o'tgan bahslarda ham ruy berdi. Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlarda ozgina omadimiz chopmagan bo'lsa, bugun natija borasida ham ishimiz yurishdi.

- Lyuksda musobaqa davomida ham ko'plab vaziyatlarga bo'layotgandi. Faqatgina omad undan yuz o'girgandi. Bugun esa Lyuks talab etilganidek yuqori samarali futbol ko'rsatdi. Muhim gollarni kiritdi. Bu futbolchining yuksak xarakterga ega ekanligi ham unga ko'p joylarda yordam beradi. Agarda Lyuks bo'lmaganida hozir pley-off haqida o'ylamayotgan bo'lishimiz ham mumkin edi.

- Bu musobaqadagi uchinchi o'yin ekanligini ham inobatga olmoq lozim. Bu erda jismoniy tayyorgarlik ham muhim ahamiyatga ega. Bu esa jamoani ruhan qanchalik tetikligini belgilab beruvchi omillardan biri. Biz musobaqa oldidan o'z rejalarimizni belgilab, aniqlab olgandik. O'ylashimcha, bu reja to'g'ri bo'lib chiqdi. Masalan Xitoyga qarshi o'yinda ham raqib standart vaziyatlaridan foydalandi. Biz o'yindan gol urgandik. Jamoam belgilangan vazifalarni to'g'ri uddaladi.

- Biz istalgan jamoa bilan oxirigacha kurashamiz. Bu shunchaki balandparvoz gaplar emas. Pley-off bosqichida istalgan narsa ruy berishi mumkin. Bir o'yinlik uchrashuvlarda har qanday jamoa istalgan raqibni mag'lubiyatga uchratishga qodir. Biz guruhda ham anoyi raqiblar bilan o'ynamadik. SHu boisdan ham agarda nimchorak finalda o'ynasak, unda bunday chorlovga Qirg'iziston terma jamoasi tayyor deb bemalol aytaman. Gaplarim tasdig'i sifatida o'tgan uchrashuvlarda ko'rsatgan sifatli o'yinimizni misol tariqasida ayta olaman. Lekin hozir kelajakka nazar solishga shoshilmasdan, qolgan guruhlardagi vaziyat qanday tugashini kutganimiz maqul.

- Vetnam hamda Yaman o'rtasidagi uchrashuvni ko'rmoqchiman. Lekin BAAda Osiyo Kubogini ko'rsatishmayaptiku? SHu boisdan ham uchrashuv natijasini internet orqali diqqat bilan kuzataman.

- Qirg'iziston Respublikasi prezidenti yana qo'ng'iroq qildimi? O'yin davomida va uchrashuvdan keyin telefonimni qo'limga olganim yo'q. Hozir avtobusga chiqish oldidan telefonimni tekshirib, Sooronbay Jeenbekovdan yana qo'ng'iroq bo'lganmi yoki yo'q bilib olaman. Hozircha telefonimni qo'lga olishga fursat tekkani yo'q.

- Osiyo Kubogida g'oliblikka asosiy davogarlar? O'yin jihatidan tahlil qiladigan bo'lsam, Eron, Janubiy Koreya va Yaponiya. Bu shunchaki hozirgacha bo'lgan taassurotlar. Kim chempion bo'lishi haqida aniq bir narsa deyish mushkul.

- Qirg'iziston terma jamoasi chempion bo'lsa? To'g'ri, futbolda har narsa ruy berishi mumkin. Keling, yaxshisi vaziyatga real qaraylik. Mabodo, agarda, chempion bo'lib qolsak, unda noodatiy ishga qo'l urishga vada beraman, - dedi Aleksandr Krestinin.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика