Qirg'iziston futbol federaciyasi: "Biz xafamiz"
05 noy 2018 16:44
Yangiliklar
Qirg'iziston futbol federaciyasi: "Biz xafamiz"
Qirg'iziston futbol federaciyasi matbuot kotibi Natalya Ugryumova bishkeklik futbolchi Ilzat Axmetov Rossiya terma jamoasiga chaqirilganiga izoh berdi.
"Biz Ilzatni bir necha marta terma jamoaga taklif qildik, ammo u Rossiya chempionatida o'ynashini va kelajakda Rossiya terma jamoasidan chaqiruv olishi mumkinligini aytib taklifni rad etgan edi. O'sha paytda u Rossiya yoshlari safida to'p tepardi.

Qirg'iziston futbol federaciyasi xafami? O'zingiz bilasiz, Axmetov - yuqori darajali, sifatli futbolchi. Biz futbolda yarqirab turgan jamoalardan emasmiz va bunday futbolchilarni berib yuborishga ko'nikmaganmiz. Ilzatning qarori bizni xafa qildi" - deydi Qirg'iziston futbol federaciyasi matbuot kotibi Natalya Ugryumova.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar