So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Сўғдиёна" – "Динамо" (матнли трансляция)  19 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  58 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  1 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  0 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 19:25"Сўғдиёна" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  6 18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  1 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   59 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  20 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  12 16:20Акинфеевга замонавий спорт журналистикаси ёқмаяпти  0 15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  15

Qirg'iz Respublikasi ustozi: "Biz qilgan o'zgarishlar raqibga bir qancha noqulayliklar tug'dirdi. Bugun ularni xayron qoldira oldik" Yangiliklar

Qirg'iz Respublikasi ustozi: "Biz qilgan o'zgarishlar raqibga bir qancha noqulayliklar tug'dirdi. Bugun ularni xayron qoldira oldik"

Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin JCH-2026 saralashidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

"Bunday o'yinlarda maydonga tushish qiyin ish. Men yigitlarga ko'rsatgan o'yinlari uchun minnatdorchilik bildirdim. CHunki ular bu o'yinlarga tayyorgarlik jarayonida katta hajmdagi ishni bajarishdi, bizga umid bera olishdi. Biz rostdan ham ochko olishni istagandik, afsuski, buni iloji bo'lmadi. Bu kabi yuqori darajada etarli tajribamiz bo'lmagani uchun emociyalarimizni jilovlay olmadik. SHu sababli bugungi o'yin bizning foydamizga hal bo'lmadi. 

Tayyorgarlik uchun qisqa vaqt bo'lishiga qaramay, bugungi o'yinga yaxshi tayyorlandik, tarkibni tanladik. Siz Alikulovni Kenjabaevga almashtirganim haqida gapirdingiz, ammo tarkibda juda ko'p o'zgarishlar bo'lgandi. O'yin payti ham ko'rdikki, bu o'zgarishlar raqibga bir qancha noqulayliklar tug'dirdi. Ikkita gol urdik, ammo qaerdadir biroz tavakkal qildik. Futbolda tavakkal qilish kerak. Bugun raqibni kutilmagan holatlar bilan xayron qoldira oldik. Har safar ham bunday bo'lmadi, raqibga ham etarlicha ko'p imkoniyat qoldirdik va ular o'z vaziyatlaridan foydalanib ketishdi. Biz kerakli xulosani chiqaramiz va tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Bunday o'yinlar jamoa uchun, ayniqsa, yosh futbolchilar uchun tajriba bo'ladi. Keyingi yig'inlarda yanada kuchliroq bo'la olamiz deb o'ylayman", -deydi Maksim Lisicin.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика