So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Qayrat" bosh murabbiyi Kirill Keker: "Bu o'yin chempionat oldidan ikki jamoaga kerakli xulosalarni berdi, deb o'ylayman" Yangiliklar

"Qayrat" bosh murabbiyi Kirill Keker: "Bu o'yin chempionat oldidan ikki jamoaga kerakli xulosalarni berdi, deb o'ylayman"

"Qayrat" bosh murabbiyi Kirill Keker "Paxtakor"ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Paxtakor"ga mehmondorchilik va yaxshi raqiblik uchun rahmat aytaman.  Umuman olganda yomon o'yin bo'lmadi. Ko'p gollar guvohiga aylandik. Bu o'yin chempionat oldidan ikki jamoaga ko'p xulosalarni berdi, deb o'ylayman", - deydi Kiril Keker.

 

- Orqa chiziq vakillari hujumchilarga to'pni to'g'ridan-to'g'ri uzatmalarni amalga oshirishdi. Bu aynan bugungi bahs uchun tanlangan uslubmidi?

- Turli variantlarni izlab ko'rdik. Himoyadagi xatolarni ko'ra oldik. Hujumchilar o'zlarining kuchli tomonlaridan foydalanishlari talab etilgandi. O'yindan oldin shunga yarasha ko'rsatma berilgandi. 

- "Qayrat"da braziliyalik hujumchi o'zini ko'rsatdi. "Paxtakor"ning hujumiga qanday baho berasiz?

- "Paxtakor" yaxshi shakllangan jamoa. Bu ko'rinib turibdi. CHempion jamoa, harakatlar ham shunga monand. "Qayrat"ga kelsak, tarkibimizda legionerlar bilan birga mahalliy yoshlar ham harakat qildi. "Paxtakor"ning yig'inlardagi so'nggi 3ta uchrashuvini kuzatdik. Oldingi chiziqda kuchli ijrochilarga ega. Kimnidir ajratib ko'rsata olmayman.  

Albatta 4ta to'p o'tkazib yuborganimiz yoqimsiz bo'ldi. Demak ishlaydigan jihatlarimiz bor. Yigitlar bilan xotirjam o'yinni tahlil qilib chiqamiz. 

- Yozda javob o'yini bor. To'g'ri hali mavsum boshlanmagan, shu bois o'yin hali to'liq shakllanib ulgurmagandir. Yozda "Qayrat" qanday ko'rinishda bo'ladi?

- Qanday holatda bo'lishini ko'ramiz. Tez orada bizda chempionat boshlanadi. Klub doim yuqori o'rinlarga kurashadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика