Qatarga qarshi o'yindan oldin Janubiy Koreyaning 6 nafar futbolchisi koronavirusga chalindi
15 noy 2020 14:57
Yangiliklar
Qatarga qarshi o'yindan oldin Janubiy Koreyaning 6 nafar futbolchisi koronavirusga chalindi
Janubiy Koreya termasi futbolchilarida koronavirus aniqlandi.
SHanba kungi test natijalariga ko'ra, Kim Mun Xvan ("Pusan Ay Park") va Na San Xo ("Sonnam") kabi futbolchilarda virus aniqlangandi. Oldinroq terma matbuot xizmati CHo Xen U ("Ulsan Xende"), Kvon CHxan Xun ("Frayburg"), Xvan In Bom ("Rubin") va Li Don Jun ("Pusan Ay Park") virus yuqtirib olganini malum qilgandi.
Barcha futbolchilar Avstriyada yig'in o'tkazayotgan paytda karantinga olindi. 17 noyabr kunida koreyslar Qatar termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi kerak.
Fikrlar