Qatardan eshitdik-da! Ronaldu mundial vaqtida yangi klubi haqida bosh qotirmoqda. U Urugvay bilan bahsdan keyin yuristlar bilan ko'rishdi
01 dek 2022 16:35
Yangiliklar


Qatardan eshitdik-da! Ronaldu mundial vaqtida yangi klubi haqida bosh qotirmoqda. U Urugvay bilan bahsdan keyin yuristlar bilan ko'rishdi
Ayni paytda Qatarda Jahon chempionati o'yinlari davom etmoqda.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Portugaliya – Urugvay uchrashuvidan keyin portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu oldiga ikki nafar yurist kelgan. Yuristlar qaysidir klubdan shartnoma bilan kelgani va futbolchi u bilan tanishib chiqqani aytilmoqda. Bu katta ehtimol bilan Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga tegishli bitimdir.
Krishtianu Ronaldu o'tgan hafta "Manchester Yunayted"ni tark etgandi. Ayni paytda u erkin agent hisoblanadi.
Malumot uchun, "Al Nassr" klubi safida o'zbekistonlik Jaloliddin Masharipov to'p tepmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar