So’nggi yangiliklar

11:58Бобоси томонидан исми ўзгартирилган, волейбол терма жамоасига чақирилган ҳамда ўзбекистонлик мутахассис кашф этган Сардор Азмун билан яқиндан танишамиз  0 11:38Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйин учун тахминий таркиби  9 11:23"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Сойибов Комроншоҳ  0 10:58"Реал Мадрид"нинг келаси ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  2 10:27Goal нашри тен Хаг давридаги МЮнинг энг яхши трансферлар рейтингини тузиб чиқди  4 09:55Кевин де Брюйненинг навбатдаги клуби деярли маълум  2 09:29"Барселона" ҳали ҳам Левандовски трансфери бўйича еттита клубдан қазрдор  7 09:00Жаҳон чемпионати учинчи саралаш босқичининг муҳим ўйинлари олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов миллий жамоа билан учрашди  6 08:26Греция терма жамоаси аъзоси уйидан ўлик ҳолда топилди  0 08:00ЖЧ саралаш. Бугун терма жамоамиз Эронга қарши баҳс олиб боради  34 00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  4 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  1 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  2 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  12 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3

Qatar va Iroqlar uyg'onishdi Yangiliklar

Qatar va Iroqlar uyg'onishdi

Rossiya mundialiga yo'l ochuvchi so'nggi raundning 4-turidan so'ng bazilar uchun kutilmaganda, o'z guruhimizda etakchilardan biri bo'lib oldik.

Tan olish kerak, milliy jamoamizga taqvim qulayligi ham qo'l kelgandir. Nima bo'lgan taqdirda ham, bu shunchaki, oddiy natija emas. SHuningdek, 4-turda Qatar va Iroq terma jamoalari ilk g'alabalarini nishonlashdiki, bu kurashning davomi yanada qizg'in kechishidan dalolat. Tailand termasi vakillari esa qizil kartochka olishda davom etmoqdalar.

*** O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralashlari doirasidagi 88-o'yinini g'alaba bilan yakunladi. Umumiy statistikamiz quyidagicha: 48ta g'alaba, 18ta durang, 22ta mag'lubiyat, to'plar nisbati - 173-89.

*** Milliy jamoamiz 88ta uchrashuvning 38tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bu saralash doirasidagi jami o'yinlarning 43,18 foiziga tengdir.

*** Mundial saralashlari hisobidan ikkinchi marta 2:0 ko'rinishidag'alaba qozondik. Bundan oldin 2007 yilning 28 oktyabr kuni safarda Xitoy Taypeyi terma jamoasini aynan javobsiz 2ta gol evaziga mag'lubiyatga uchratgandik.

*** 1996 yilning 22 iyunida tug'ilgan Otabek SHukurov milliy jamoamiz safidagi debyut golini nishonladi. U mamlakatimiz bosh jamoasi libosini ilk marta joriy yil 7 iyun kuni o'tkazilgan Kanada termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini-(1:2)da kiygandi.

*** FIFA rasmiy saytida berilgan malumotga ko'ra, Marat Bikmaev terma jamoamiz safida mundial saralashlari doirasidagi 22ta o'yinda qatnashgan (14ta g'alaba, 5ta durang, 3ta mag'lubiyat) va 3ta gol urib, 1 marta sariq kartochka olgan. Marat jahon chempionati saralash bosqichida ilk marta 2004 yilning 31 mart kuni Xitoy Taypeyi termasiga qarshi kechgan safar uchrashuvi- (1:0)da maydonga tushgandi. Umuman olganda, Bikmaev 2004, 2007 va 2011 yillardagi Osiyo kubogiga borgan jamoamiz tarkibida bor edi.

*** Terma jamoamiz posboni Aleksandr Lobanov JCH saralashida 13-marta maydonga tushdi. U shulardan 7tasida o'z darvozasi daxl­sizligini saqlab qolgan.

*** O'zbekiston milliy jamoasi Xitoy termasiga qarshi o'yinda to'pga egalik qilish bo'yicha 52 foizlik ko'rsatkichga erishdi. Vakillarimiz to'pga egalik qilgan holatlarning 26 foizida xavfli hujum tashkil etishga, 42 foizida hujum boshlashga intilishdi va 32 foiz vaqtda nazoratni boy bermaslik uchun kurashishdi. Xitoyliklarda esa bu ko'rsatkichlar tegishlicha 22-38-70 foizni tashkil etdi.

*** Xitoy terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichlarida uchinchi marta 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. CHin yurti vakillari so'nggi marta 2002 yilning 4 iyunida JCH-2002 final bosqichida Kosta-Rika termasidan xuddi shu hisobda engilgandilar.

*** Xitoy terma jamoasi jahon chempionati saralashlarida 102-o'yi­nini mag'lubiyat bilan yakunladi. Ayni payt CHin yurti bosh jamoasi bu borada quyidagicha statistikaga ega: 63ta g'alaba, 14ta durang, 25ta mag'lubiyat, to'plar nisbati - 224-70. Aytish joiz, xitoyliklar mundial final raundida 3ta o'yin o'tkazib, barchasida mag'lubiyatni tan olishgan.

*** Suriya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichlarida 8-marta 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bu terma jamoa ilk marta 1957 yilning 8 martida Sudan termasiga xuddi shu hisobda yutqazgandi. O'sha vaqt Afrika va Osiyo jamoalari umumiy saralash bos-qichida ishtirok etishgandi.

*** Eronlik hujumchi Sardor Azmun J.Koreya termasi bilan bahs­da mamlakat milliy jamoasi safida 22-marta maydonga tushib, 16-golini urdi. Uning forslar bosh  jamoa­si safida debyut golini nishonlaganiga atigi 1 yil 10 oy 23 kun bo'ldi, xolos. Umuman, Sardor bu ko'rsatkichi bilan terma jamoa to'p-urarlari ro'yxatida 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Undan oldinda Ali Dai (109ta gol), Karim Bageri (50ta), Javod Nekunam (39ta), Ali Karimi (38ta), G'ulom Husayn Mazlumi (19ta) va Farshad Pious (18ta) bor.

*** Qatarlik vinger Hassan al Haydos suriyaliklar bilan o'yinda terma jamoa safida 76-marta harakatlanib, 13-golini nishonladi.

*** Tailand terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichlarida 3-marta 0:4 hisobida engildi. Taylar so'nggi marta 2001 yilning 17 avgustida aynan Iroq termasiga xuddi shu hisobda yutqazishgandi. Aytgancha, Tailand termasining 0:4 ko'rinishidagi barcha mag'lubiyatlari safar uchrashuvlarida kuzatilgan.

*** Tailandliklar jahon chempio­nati saralashi doirasidagi oxirgi 5ta o'yinda 1ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etishdi. Jamoa umumiy hisobda mundial yo'lidagi o'yinlarda 43 marta engilgan.

*** Tailand termasi joriy raunddan o'rin olgan 4ta o'yinning 3tasida maydonda kamchilik bo'lib qoldi. 1-turda Sarach Yoyen 72-daqiqada va 2-turda Prakit Dipom 89-daqiqada maydondan chetlashtirilgandi. 4-turda esa Koravit Mamviset 69-daqiqada  qizil kartochka oldi.

*** Aston Villa klubining 32 yoshli vakili Mile Yedinak Avs­traliya terma jamoasi libosida 13-golini nishonladi. U xususan, JCH-2014 final raundida Gollandiya terma jamoasiga qarshi kechgan o'yin-(2:3)da gol muallifiga aylangandi.

*** Yaponiya termasiga qarshi kechgan o'yin Mile Yedinak uchun sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushgan 25-uchrashuv bo'ldi. U sokkeruzga ilk marta 2014 yilning 5 martida sardorlik qilgandi. Umuman, Avstraliya milliy jamoasini sardor sifatida eng ko'p  maydonga olib tushgan futbolchi Lukas Neyldir - 61 marta. Mile Yedinak bu borada 6-o'rinda boryapti.

*** Saudiya Arabistoni terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Yahyo al SHehriy uning safida 4-golini urdi. Bu futbolchi bosh jamoada 2009 yilning 14 oktyabrida Tunis termasiga qarshi kechgan o'yinda debyut qilgandi. Etiborlisi, Yahyo 2013 yili Al-Ittifoq klubidan Al-Nasr safiga 48 mln. Saudiya riali evaziga o'tib, ichki transferlar rekordini yangilagandi.

*** OFK miqyosidagi JCH-2018 saralash bosqichining 1-raundida 2ta, 2-raundida 44ta va 3-raundida 7ta gol penaltidan urildi. Bu borada Saudiya Arabistoni termasi yaqqol peshqadam - 7ta penalti (2-raundda - 4ta va 3-raundda - 3ta).

Tur qahramoni. Mohannad Abdul Rahim Karrar. 1993 yil 22 sentyabrda Iroq poytaxti - Bag'dod shahrida tug'ilgan. Bo'yi - 182 sm. Klubi: Al-Zavra. Iroqning 20 va 23 yosh toifasidagi terma jamoalarida ham o'ynagan. Milliy jamoadagi statistikasi: 28ta o'yin, 11ta gol. Asosan ikkinchi hujumchi vazifasini bajaradi. Jismonan baquvvat, taktik jihatdan o'ta ziyrak va raqiblariga nsibatan yakkakurashlarda hech qachon ikkinchi darajali bo'lib qolmaydi. 2012 yili yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medal sohibiga aylangan va turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilgan. O'sha yili Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi maqomiga ham erishgan. Aytgancha, 4-turda Tailand terma jamoasi darvozasini naq 4 marta nishonga olgan Karrar mojaro markaziga ham tushgan. Yani Iroq yoshlar termasida o'ynagan payti raqib jamoa vakillari unga shubha bilan qarashgan. Yani yoshini suniy tarzda kichraytirgani xususida davo qilishgandi.

Xet-trik, poker va penta-trik


Iroq terma jamoasi vakili Mohannad Abdul Rahim Karrar qayd etgan poker OFK miqyosidagi JCH-2018 saralash o'yinlarida urilgan gollarga alohida nazar solishga undadi. CHunonchi, shu kungacha bo'lgan uchrashuvlarda 1ta penta-trik, 5ta poker va 14ta xet-trik qayd etildi. Bu borada BAA va Xitoy termasi futbolchilari oldindalar. Umuman olganda, 13ta terma jamoa vakillariga bunday ajoyib natija nasib etdi. Bir futbolchining 3-4-5ta golidan eng ko'p jabr chekkan jamoa - bu Butan termasi (5 marta).

FIKRAT tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика