Qatar terma jamoasi Toshkentga etib keldi
14 okt 2018 22:13
Yangiliklar
Qatar terma jamoasi Toshkentga etib keldi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2019 yil BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishidan futbol muxlislarining xabarlari bor.
Ushbu o'rtoqlik o'yini 16 oktyabr kuni soat 19:00 da “Milliy” stadionida boshlanadi.
Qatar terma jamoasi bir oz oldin yurtimizga etib keldi hamda Toshkentdagi “International” mehmonxonasiga joylashdi. Eslatib o'tamiz, ertaga yani 15 oktyabr kuni soat 11:00 da O'zbekiston hamda Qatar milliy terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Matbuot anjumani “Milliy” stadioni anjumanlar zalida tashkillashtiriladi.
O'rtoqlik o'yinini bevosita stadiondan kuzatishni maqsad qilgan futbol ixlosmandlari chiptalarni “Milliy” stadioni kassalaridan sotib olishlari mumkin.
Fikrlar