Qatar - O'zbekiston uchrashuvini vengriyalik hakamlar brigadasi boshqaradi
06 okt 2014 15:13
Yangiliklar
Qatar - O'zbekiston uchrashuvini vengriyalik hakamlar brigadasi boshqaradi
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadigan Qatar va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini SHandor Sabo boshchiligidagi vengriyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Doxada Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, 7 oktyabr kuni BAAga yo'l oladi. Qosimov shogirdlari BAAda 10 oktyabr kuni Bahrayn, 14 oktyabr kuni esa BAA milliy terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi.
6 oktyabr, Doxa. Qatar.
Qatar - O'zbekiston
Bosh hakam: SHandor Sabo (Vengriya)
Laynsmenlar: Albert Ishtvan Norbert, Peter Berettyan (ikkalasi Vengriya).
Zaxira hakami: Abdulrahmon Al Jassim (Qatar)

Fikrlar