So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  2 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  1 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  8 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Qatar "Nyukasl" tufayli APLni 650 mln.siz qoldirishi mumkin: Klubni qaroqchilar tarmog'ini yashirayotgan saudiyaliklar sotib olyapti Yangiliklar

Qatar "Nyukasl" tufayli APLni 650 mln.siz qoldirishi mumkin: Klubni qaroqchilar tarmog'ini yashirayotgan saudiyaliklar sotib olyapti

Ushbu qaroqchilar bilan FIFA, BBC va Sky ham kurash olib bormoqda.

Maykl Eshli 13 yil davomida klubdan qutilishni orzu qildi va maqsadiga yaqin turibdi: "Nyukasl"ni xarid qilish bo'yicha kelishuv deyarli yakuniga etib qolgan, faqat APL ruxsatini kutishmoqda. Klub egasi Saudiya Arabistoni davlat fondidan (PIF) 300-310 mln. funt oladi.

Ammo Yaqin SHarqda APL o'yinlarini namoyish qiluvchi beIN Sports telekanali ushbu kelishuvni bekor qilishi mumkin. Kompaniya anchadan beri Saudiya Arabistoni o'z mamlakatida yashirib kelayotgan qaroqchi translyaciyalar bilan kurashmoqda. Pastroqda mojaro tafsiloti mavjud.

- 2017 yilning iyunida Qatarni terrorizmni qo'llab-quvvatlash va arab mamlakatlari ishiga aralashishda ayblashdi; Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va yana bir necha mamlakat qatarliklar bilan diplomatik munosabatlarni to'xtatdi.

- Saudiya Arabistoni o'z mamlakatida beINga obuna bo'lishni to'xtatdi. Bir yildan so'ng Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi (SAFF) FIFAga murojaat qilib, beIN Sports kompaniyasini mintaqada sport translyaciyasi monopoliyasi o'rnatib olganlikda aybladi.

2018 yilning 21 avgustida Saudiya Arabistoni raqobat qonunchiligini buzgani uchun beIN Sports kompaniyasini 2,6 mlrd. jarimaga tortdi, 2 kun o'tib esa translyaciya licenziyasini bekor qildi.

- Saudiya Arabistonida obunalar bekor bo'lganidan bir necha oy o'tib beoutQ servisi paydo bo'ldi. Ushbu servis maxsus tyuner orqali beIN kompaniyasining 53ta kanalini o'g'rincha efirga uzatadi va qatarliklar logotipini o'zining belgisi bilan yopib qo'yadi.



Hatto kompaniya nomi ham Qatarga qarshi: be out ("taqiqda bo'lish") - be in so'zining teskarisi, Q - harfi esa Qatar bo'lsa kerak.

Saudiya Arabistonidagilar Rossiyadagi jahon chempionatini quyidagicha tomosha qilishdi.


Bu esa APL va Liga 1.


2019 yilning kuzida Saudiya Arabistonida beoutQning 3 mln. tyuneri ishlayotgan edi. Ular nafaqat beIN Sportsdan, balki Sky Sports, BT Sport va yana o'nlab boshqa sport telekanallaridan o'g'irlik qilardi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda beoutQ Sportsni qatarliklar monopoliyasiga qarshi yagona uslub deya reklama qilishadi. Ushbu servisni reklama qilganlar orasida Saud Al Qahtoni - Qirollik oilasining sobiq maslahatchisi, oktyabr oyida jurnalist Hashogga qotilligini tashkillashtirishda ayblangan inson ham bor. Boshqa saudiyalik mansabdorlar ham ushbu kompaniyani piar qilgan.

- 2018 yilning 2 oktyabrida Qatar Butunjahon savdo tashkilotiga murojaat qildi va Saudiya Arabistonini intillektual mulk qoidalarini buzishda aybladi. O'sha kuni beIN Media Group sudda javobgardan 1 mlrd. dollar talab qildi.

Hujjatlar bo'yicha - beoutQ ArabSat sputniki orqali efirga uzatiladi va uning 36,6 akciyasi Saudiya Arabistoni hukumatiga tegishli va kompaniya ushbu mamlakatda joylashgan.

Bir oydan so'ng Sky va BBC ham shunga o'xshash murojaat bilan sudga yuzlandi.

- 2019 yilda MarkMonitor kompaniyasi FIFA so'rovi bilan xususiy tekshiruv o'tkazdi. Xulosa xuddi hujjatdagidek: Signal ArabSat orqali kelmoqda va ushbu xizmatni Saudiya Arabistonining yirik siyosatchilari qo'llab-quvvatlamoqda.


beIN Sports APL translyaciyalaridan voz kechishi mumkin, ammo liga bu erda hech narsa qila olmaydi

- Kurashdan charchagan beIN Sports huquq egalarini to'lovlarni kamaytirishi bilan ogohlantirdi, chunki o'z bozorida katta yo'qotishlarga duch kelmoqda.


"Mediahuquqlar shari tez orada yoriladi. Biz eksklyuziv huquqlar eksklyuzivligini yo'qotgan olamda yashayapmiz. beoutQ va qaroqchilik tufayli biz barcha sport translyaciya huquqlarini eksklyuziv bo'lmagan efir sifatida ko'rib chiqamiz va tijorat takliflarimiz bunga tasir qiladi.


Huquqlar qadri tushib ketyapti va bunga yondoshishimiz ham shunday bo'ladi" - degandi beIN Sports direktori Yusuf Al Obaydli 2019 yilning oktyabrida.


- "Nyukasl" sotilishi haqidagi mish-mishlardan keyin Premer-liga yana bir tahdidni qabul qildi: Agar liga ushbu xaridni to'xtatmasa, beIN Sports TV shartnomani bekor qiladi. Voqealar bunday tus olsa, APL 650 mln. funt yo'qotadi. TV bitim 2021/2022 mavsum oxirigacha amal qiladi.


"Agar qaroqchilikka qarshi chora ko'rmasak, xarajatlarni qayta baholab, huquqlarimizni kamaytirishga to'g'ri keladi" - deydi Al Obaydli.


- Bir necha kun oldin Al-Obaydli rasmiy bayonot bilan chiqdi va qaroqchilarni yashirayotgan mamlakat "Nyukasl"ni xarid qilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini malum qildi.


"Qonunlarga qarshi ishlarni davom ettirayotgan mamlakat APL klubini sotib olishiga jim qarab turib bo'lmaydi.


Dovga futbolning kelajakdagi iqtisodiy modeli qo'yilgan deyish bo'rttirish bo'lmaydi" - deyiladi bayonotda.


- APL hammasini tushunib turibdi, liga ham qaroqchilikka qarshi kurashishga harakat qilishdi, ammo yuridik jihatdan liga kuchsiz - Saudiya Arabistonidagi to'qqizta yuridik firmalar liga yoki boshqa sport tashkiloti tomonidan tekshiruv o'tkazishni istamadi.


"Biz muammoga duch keldik: Saudiya Arabistoni hududida o'zimizcha tekshiruv o'tkaza olmaymiz. beIN Sports kompaniyasidagilar bilishi lozim: Biz ularning qiziqishlarini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz" - deya tushuntirdi Premer-liga yuridik bo'limi rahbari Kevin Plamb.


- Yagona umid - liga direktorlaridan. Har bir kelishuvdan avval APL biror kompaniya insonning ligaga kelishi APL imidjiga salbiy tasir ko'rsatmasligi borasida tekshiruv o'tkazadi. Saudiyaliklar firib ishlatishi mumkin: Hujjatlar bo'yicha klubni Amanda Steyvli va uning kompaniyasi PCP sotib olmoqda. Amanda koncerni ortida Saudiya Arabistoni investicion fondi (PIF) turibdi, biroq "Nyukasl" direktorlar kengashida PIF rahbari Yosir Al Rumayyan rais bo'ladi, ammo xarid hujjatlarida fond nomi keltirilmagan.


Agar APL Al Rumayyan, PIF va beoutQ etkazgan zararni bog'lay olsa, "Nyukasl" xaridini to'xtatishi mumkin. Ammo Steyvli kocernidagilar tekshiruv "silliq" o'tishiga ishonishmoqda.


Xo'sh, buyog'iga nima bo'ladi?

Amaldagi shartnoma buzilmasa kerak, chunki kelishuvni buzgan tomon katta mablag' to'lashiga to'g'ri keladi. Ammo keyingi yillar uchun tuziladigan bitimda shartlarni Qatar kompaniyasi tuzib chiqadi, chunki ular Yaqin SHarqni translyaciya bilan taminlaydigan yagona kompaniya hisoblanadi. APL ularning pulli kontentini o'g'irlayotganlar bilan hamkorlik qilayotganini bildirib, beIN shartnoma to'lovini o'zi istaganicha kamaytirishi mumkin.


Natijada klublar va liga zarar ko'radi. Ularning chet eldagi telehuquqlardan tushadigan daromadi sezilarli darajada kamayib ketadi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика