So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Qatar bosh murabbiyi: "Ekvador va O'zbekiston kuchli jamoalar" Yangiliklar

Qatar bosh murabbiyi: "Ekvador va O'zbekiston kuchli jamoalar"

Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches Bas Ekvador hamda O'zbekiston bilan o'yinlardan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Qatar 12 oktyabr kuni o'z maydonida Ekvador bilan, 16 oktyabr kuni Toshkentda O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

"Biz Ekvador va O'zbekiston bilan o'yinlarga tayyormiz. Bizda mazkur o'yinlar uchun 26 nafar futbolchi bor. Ayni paytda yaxshi sport formasidagi futbolchilarni yig'inga chaqirdik. Biz Osiyo Kubogi-2019ga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Ushbu musobaqaga kuchli holda etib borishimiz shart. Ekvadorga qarshi juda qiyin bahs kutib turganini bilamiz. Bunga qo'shimcha ravishda safarda O'zbekiston bilan ham o'ynaymiz. Keyingi oyda esa Islandiya hamda SHveycariya bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazamiz.

Ekvador 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga chiqish uchun hozirdan tayyorgarlikni boshlashganini bilaman. Bu jamoa safida Evropada o'ynayotgan ko'plab futbolchilar bor. Kuchli raqib bilan o'yinda o'z kuchimizni ko'rib olamiz.



O'zbekiston haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa bilan JCH-2018 saralashida bir guruhdan joy olgan edik. Kuchli jamoa. Ularga qarshi bor kuchimiz bilan o'ynashga harakat qilamiz va kuchli koncentraciya bilan Toshkentga boramiz.

Bizning maqsadimiz kuchli va saviyasi yuqori terma jamoalar bilan o'ynash. Qatar terma jamoasi sharafini munosib himoya qila oladigan ko'plab futbolchilar mavjud. O'z klublari safida yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilarni bu yig'inga chaqirdik.

Ayni paytda bor etiborimiz Ekvador va O'zbekiston bilan o'yinlarga qaratilgan. 2022 yilgi Jahon chempionati Qatarda bo'lib o'tishini bilamiz va bu musobaqa paytida terma jamoa juda kuchli bo'lishi kerak. Ammo hozir qarshimizdagi ikki raqib haqida ko'proq o'ylayapmiz", - deydi Qatar bosh murabbiyi Feliks Sanches Bas Qatar futbol Associaciyasi rasmiy saytiga.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика