So’nggi yangiliklar

07:35Элит ОЧЛ. "Пахтакор" бугун Қатарда "Ал Гарафа" билан ўйнайди  0 03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  58 03:07А Серия. "Лацио" меҳмонда зафар қучди  1 03:03АПЛ. "Челси" иродали ғалабага эришди  0 02:51RFEF "Реал"нинг эътирозига жавоб қайтарди  44 01:06ОФК ЭЧЛ. Роналду дубл қайд этган баҳсда "Ал Насср" йирик ғалабага эришди  2 00:43Аморим кетган тақдирда ҳам Рэшфорд МЮда бошқа ўйнамайди  3 00:17"Челси" - "Вест Хэм". Палмер, Йоргенсен ва Мадуэке асосий таркибда  5 23:58"Ал Аҳли" меҳмондан 3 очко билан қайтди, Машарипов жамоаси эса дуранг ўйнади  0 22:40"Реал" ВАР ҳакамларининг аудио ёзувларини талаб қиляпти  72 22:18"Ал Насср" - "Ал Васл". Таркиблар билан танишинг  5 21:26"Сурхон" ўз сафига икки россиялик футболчини қўшиб олди  8 21:10ОФК ЭЧЛ. "Ал Айн" ўз уйида Қатар жамоасига мағлуб бўлди  7 20:53Назорат учрашуви. "Навбаҳор" - "Родина" 0:5  33 20:41"Милан" 32 млн. еврога форвард сотиб олди  5

"Qashqirlar makoni"dagi Aktamov yoxud "Qizilqum"ning favqulodda porlashi Yangiliklar

"Qashqirlar makoni"dagi Aktamov yoxud "Qizilqum"ning favqulodda porlashi

O'zbek futbolida Navoiy klubiga nisbatan o'zgacha qarash mavjud.

Mutaxassislar "Qizilqum"ni har doim o'ziga yaratilgan sharoitlar darajasiga munosib o'ynamaslikda ayblashadi. Joriy mavsum ham shunday boshlandi. Nesterov, To'xtaxo'jaev, Boydullaev, Grigalashvili hamda Vatsadze singari tajribali futbolchilarni yig'ib olgan jamoa FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusga 8 o'yinda 10 ochko to'plagani holda chiqib ketdi.

Biroq, "Qizilqum"ning tanaffusdan qaytishi dahshatli ko'rinishda bo'ldi. Agar bu haqda bir film olinsa, Hamidjon Aktamovning stadionga kirib kelish sahnasiga Gyokhan Kirdar tomonidan 2003 yilda "Qashqirlar makoni" teleseriali uchun ishlab chiqilgan maxsus musiqa juda mos tushardi:)

Tanaffusdan keyin o'tkazilgan o'yinlargina hisoblansa, navoiyliklar musobaqa jadvalida 1-o'rinni band qilishadi ("Paxtakor" bilan). FIFA kunlariga qadar o'tgan 8 turda 10 ochko yig'ishni amallagan "Qizilqum"ga tanaffusdan keyin shuncha ball olish uchun 4 ta bahs kifoya qildi. Raqiblar orasida AGMK, "Bunyodkor" singari jamoalarning borligi holat tasodif emasligini tasdiqlaydi.

Xo'sh, "Qizilqum"da nima o'zgardiki, natija birdan yaxshilanib ketdi?

Birinchidan, bu bevosita jamoa ustozi bilan bog'liq holat. Hamidjon Aktamovning faoliyatiga nazar solsangiz, asosan bir xillikka guvoh bo'lasiz: 4-2-3-1 yoki 4-1-4-1. Biroq, mazkur mutaxassis tanaffusdan keyin mutlaq yangicha o'yin uslubi bilan qaytdi va o'z faoliyatida kichik inqilobni amalga oshirdi. 


Gap shundaki, Aktamov faoliyatida ilk bor 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynay boshladi. Yangi taktik sxema "Surxon"ga qarshi 18 iyunda o'tkazilgan o'yinda ish bermagan bo'lsa-da (durang), oradan 4 kun o'tib Olmaliq mag'lub qilinishida asqotdi. 

OKMK

Boburbek Yuldashev - 34'

Superliga. 6-tur

22/06/2021, 20:00

2
:
1
Tugadi

Qizilqum

Elguzha Grigalashvili - 29', Erkin Baydullaev - 36'

45'
90'
34'  Boburbek Yuldashev
42'  Akrom Komilov
62'  Mirjamol Qosimov (Zafar Polvonov)
62'  Sanjar Tursunov (Dilshod Jo’rayev)
68'  Shohruh Gadoyev (Husniddin G’ofurov)
68'  Murodjon Toshmatov (Elvin Fortes)
75'  Boburbek Yuldashev (Sardor Rahmonov)
76'  Akrom Komilov
29'  Elguzha Grigalashvili
29'  Muhsin Ubaydullaev
36'  Erkin Baydullaev
46'  Fayzullo Qambarov (Sherali Jo’rayev)
69'  Jasur Azimov (Mirjalol Qosimov)
84'  Elguzha Grigalashvili (Behruz Sadilloyev)
90'  Ignatiy Nesterov
90'  Behruz Sadilloyev (Jamshid Hasanov)
90'  Behruz Sadilloyev


AGMK bilan o'yinni bevosita stadiondan kuzatdim va ochig'i, o'sha kuni "Qizilqum"ni tanib bo'lmasdi. Nesterovning ishonchli o'yini, To'xtaxo'jaevning 2 yonidagi Qambarov va Tolmasovni to'g'ri yo'naltirib turishi, 2-yoshligini yashayotgan Boydullaev va oldingi chiziqdagi gruzinlar... 

Bu g'alabani tasodif sifatida baholaganlar etarlicha edi. "Qizilqum"ning ularga javobi yana 4 kundan keyin berildi. Bu gal poytaxtning "Bunyodkor"i Navoiydan egik bosh bilan qaytdi.

Qizilqum

Erkin Baydullaev - 19', Mate Vatsadze - 38'

Superliga. 11-tur

26/06/2021, 20:00

1
:
2
Tugadi

Bunyodkor

Mirzhahon Mirahmadov - 76'

45'
90'
19'  Erkin Baydullaev
36'  Fayzullo Qambarov
38'  Mate Vatsadze
38'  Elguzha Grigalashvili
64'  Fayzullo Qambarov (Sherali Jo’rayev)
79'  Jasur Azimov (Behruz Sadilloyev)
85'  Muhsin Ubaydullaev
9'  Mirzhahon Mirahmadov
10'  Lutfulla To’rayev
35'  Nurillo To'xtasinov
46'  Lutfulla To’rayev (Sanjar Rashidov)
46'  Davronzhon Ergashev (Suhrob Izzatov)
66'  Ulug'bek Abdullaev (Muhammadodil Qahramonov)
76'  Mirzhahon Mirahmadov
76'  Farrux Ikromov
85'  Suhrob Izzatov


2 iyul kuni o'tkazilgan "Mashal"ga qarshi bahsda esa markaziy himoyachilar soni 2 taga qaytarildi. Bunda joriy mavsum Muborak klubining hujumdagi ishlari yurishmayotgani inobatga olingan bo'lsa ajab emas. Nima bo'lganda ham, tanlov o'zini oqladi. Yakunda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan "Qizilqum" mavsumdagi 5-g'alabasini nishonladi.

Qizilqum

Erkin Baydullaev - 18', Elguzha Grigalashvili - 29'

Superliga. 12-tur

02/07/2021, 20:00

0
:
2
Tugadi

Mash’al

45'
90'
18'  Erkin Baydullaev
29'  Elguzha Grigalashvili
65'  Jamshid Hasanov (Behruz Sadilloyev)
83'  Mate Vatsadze (Sherali Jo’rayev)
83'  Jasur Azimov (Mirjalol Qosimov)
85'  Oleg Tolmasov
90'  Elguzha Grigalashvili (Humoyun Abdualimov)
46'  Abbos Shodmonov (Muhammadali YUldashev)
62'  Zafarbek Akramov (Ibrohim No'monov)
62'  Sardor Abduraimov (Sirojiddin Qo'ziyev)
85'  Shahzod Shaymanov (Abdumalik Norqobilov)
90'  Samandar Shukurullayev


Xullas, tanaffusdan keyin 4 o'yinda 10 ochko yig'gan Navoiy jamoasi turnir jadvalida 5 pog'onaga yuqoriladi. Va so'nggi 1 oy ichidagi eng katta progressni qayd etdi. "Qizilqum" bilan bu borada faqat "Paxtakor" bahslashishi mumkin.

Boydullaev effekti!

To'g'ri, jamoa o'yinini Aktamov va Agamurodov yaxshi tomonga o'zgartiryapti. Lekin, tanaffusdan keyingi "Qizilqum"ni Erkin Boydullaevsiz tasavvur qilish mumkin emas. Samarqandlik futbolchi oxirgi bir oyda haqiqiy "yirtqich"ga aylandi va ehtimol faoliyatidagi eng yaxshi davrni boshdan o'tkazyapti. Etibor qiling, Erkin Boydullaev so'nggi 4 o'yinning barchasida raqiblari darvozasiga yo'l topdi (2 bor jarimadan, 1 gal burchak zarbasidan). Uning gollari bo'lmasa, "Qizilqum" 5 ochko yo'qotib, ayni paytda turnir jadvalining 8 yoki 9-pog'onasini egallab turgan bo'lardi. Eslatib o'tamiz, samarqandlik futbolchi 37 yoshda!

Transfer oynasi

Ha, "Qizilqum"ning oxirgi o'yinlari chempionatda intrigani oshirdi. Jamoa Superliganing joriy mavsumida eng kam mag'lub bo'lgan va eng oz to'p o'tkazib yuborganlardan biri. Biroq, o'zbek futbolining bir dardi borki, har yoz bezovta qilib turadi. Yani, transfer oynasi ochilishi bilan klublarimizning jamoa asosini tashkil qilib turgan 10-15 nafar futbolchidan birdaniga voz kechib yuborishi ortiq taajjublanarli holat emas. SHu yuzdan Navoiyda tuzilayotgan raqobatbardosh jamoaning har tomonga tarqashidan xavotir olayotganlar bo'lsa kerak. Bizdagi malumotlarga ko'ra, unday bo'lmaydi. Yozgi transfer darchasida "Qizilqum"ni faqat 2 nafar futbolchi tark etishi mumkin: Oybek Qilichev va Mate Vatsadze. SHuningdek, jamoa tarkibi oxirgi 6 oyni Janubiy Koreyada o'tkazgan Islom Kenjaboev bilan kuchaytirildi.

Xullas, "Qizilqum"ning tanaffusdan keyingi porlashi navoiylik muxlislarni xursand qilgani bor gap. Umid qilamizki, bu yurish davomli bo'ladi...

Xorazmdan chiqqan millioner

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика