Qashqadaryoda “Kelajagimiz umidlari” futbol festivali boshlandi
16 fev 2018 14:16
Yangiliklar


Qashqadaryoda “Kelajagimiz umidlari” futbol festivali boshlandi
Mamlakatimizda bolalar va o'smirlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va futbolni ommalashtirish, istedodli bolalarni saralab olish maqsadida 18 yanvardan "Kelajagimiz umidlari" futbol festivali bo'lib o'tmoqda.
SHu paytga qadar musobaqalar Andijon, Namangan, Farg'ona, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida o'tkazildi.
Bugun 16 fevral kuni Qashqadaryo viloyatidagi umumtalim maktablarining 1-4 sinf o'quvchilari o'rtasida “Kelajagimiz umidlari” futbol festivali boshlandi.
Festival Qarshi, Nishon va Koson tumanlari hamda Qarshi shahrida o'tkaziladi. Unda 7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etadi. Har bir yoshdan 100 nafardan bola 10ta jamoaga bo'linib bahslarga kirishadi . 1-kun 7 yosh, 2-kun 8 yosh,3-kun 9 yosh, 4-kun 10 yoshdagi bolalar festivalda ishtirok etishadi.
Festival yakunida ishtirokchilar sovg'alar va sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar