Qashqadaryo viloyati hokimi vokzalda "Nasaf"ga omad tiladi
07 may 2021 17:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635630_original.jpg)
![](/upload/storage/635630_220.jpg)
Qashqadaryo viloyati hokimi vokzalda "Nasaf"ga omad tiladi
14-20 may kunlari Qarshining "Nasaf" klubi OFK kubogi musobaqasida ishtirok etadi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa poezdda Qarshidan Toshkentga boradi. Qarshi vokzalida viloyat hokimi Zoyir Mirzaev jamoa azolariga xalqaro musobaqadan oldin omad tiladi.
Ikki kun davomida Toshkentda suniy maydonda mashg'ulot o'tkazib 10 may kuni tongda Toshkent-Dushanbe reysi bilan Tojikistonga uchib ketadi.
"Nasaf" 14 may kuni OFK kubogi 1-turida Qirg'izistonning "Oloy" klubi bilan o'ynaydi. 17 mayda "ajdarlar" Tojikistonning "Xo'jand" klubi bilan o'yin o'tkazishadi. So'nggi turni "Nasaf" 20 may kuni Turkmanistonning "Oltin Asr" klubiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar