Qashqadaryo kubogi: ertaga yarim final bahslari davom ettiriladi
13 sen 2020 08:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591915_original.jpg)
![](/upload/storage/591915_220.jpg)
Qashqadaryo kubogi: ertaga yarim final bahslari davom ettiriladi
“Viloyat Kubogi” musobaqasining yarim final uchrashuvlari ertaga davom ettiriladi.
Bugun “B” guruhi yarim finalchilari “Qamashi” hamda “G'uzor - 2020” jamoalari o'rtasida uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo har ikkala jamoadan ayrim futbolchilar davlat test imtihonlari topshirishi munosabati bilan, ikkala jamoaning o'zaro kelishuviga muvofiq, o'yin 16 sentyabr kuniga ko'chirildi. Ushbu uchrashuv Yakkabog' tumani markazidagi o'yingohda bo'lib o'tadi.
“A” guruhi yarim finalchilari “Nasaf U-18” va “Mashal U-18” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv esa belgilangan kun, ertaga 14 sentyabr dushanba kuni o'tkaziladi. Mazkur uchrashuv “Sputnik” qo'rg'onidagi “Mehnatchi” stadionida bo'ladi.
Bunda “Nasaf U-18” jamoasi nominal maydon egasi sifatida maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
22:55
Xose Venansio Lopes: "Agar bu rasmiy o'yin bo'lganida bunday tavakkalga qo'l urmagan bo'lardik" 2
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar