So’nggi yangiliklar

15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  2 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  0 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  5 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  17 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  35

Qarshidagi durang aldamchimi yoxud "Bunyodkor" - "Nasaf" o'yini oldidan so'nggi so'z championat.asia sayti xodimlariga Yangiliklar

Qarshidagi durang aldamchimi yoxud "Bunyodkor" - "Nasaf" o'yini oldidan so'nggi so'z championat.asia sayti xodimlariga

Teglar :  Nasaf Bunyodkor
Superliga ettinchi turning markaziy to'qnashuvi shubhasiz "Bunyodkor" - "Nasaf" o'rtasidagi uchrashuv desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Garchi "Bunyodkor" jamoasi ayni paytda turnir jadvalida quyidan o'rin olgan bo'lsada, bu o'yinga markaziy maqomni berishimizga to'sqinlik qila olmaydi. Buning yagona sababi esa jamoalarning teng kuchga ega ekanligi hamda o'yin uslubi jihatdan o'xshashligidir. SHunindek, ikki klub ham o'z akademiyalariga muntazam ravishda etibor qaratib kelishmoqda. Ayni paytda "Nasaf"ning ham, maydon egalari tarkibining asosini o'z tarbiyalanuvchilari tashkil qiladi. Qarshiliklarning so'nggi o'yinlarda natijalaridagi ustunlik ushbu uchrashuvga kelib o'z ahamiyatini yo'qotadi. Kubokdagi 1:1 hisobi ham aldamchi bo'lishi mumkin. Ikki jamoa ham bir-biriga qarshi qanday o'ynash kerakligini juda yaxshi biladi.

Etiborlisi, "Bunyodkor" Superligada uchta turdan buyon raqiblarini enga olmayapti. Jamoa "Andijon"ni mag'lub etganidan keyin "Qo'qon-1912" va "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi, oxirgi turda "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berildi. Mezbonlarda nohush seriyaga chek qo'yish imkoniyati mavjud. Lekin "qaldirg'ochlar" deyarli barcha o'yinlarda ilk daqiqalarni yomon o'tkazyapti. Agarda bugun ilk daqiqalarda xatoga yo'l qo'ymasa va darvozasi dahlsizligini saqlab qolsa ijobiy natijaga erisha oladi. "Bunyodkor" ikkinchi bo'limda ko'proq raqiblariga muammo tug'dira olyapti.

"Nasaf" dastlabki turda "Paxtakor"ga mag'lub bo'lganidan so'ng AGMK va "Navbahor" bilan durang o'ynadi, keyin "Turon", "Qizilqum" va "Surxon" taslim etildi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari mazkur uchrashuvdan so'ng OFK kubogiga tayyorgarlikka etibor qaratadi. Qaysidir manoda "ajdarlar"da bosim bor, deya olamiz. Lekin mehmonlarning ajoyib holatda va sport formasida ekanligi bugungi to'qnashuvda asqotishi ehtimoli katta.

 Demak, bizni oldinda qiziqarli va keskin bahs kutmoqda. Muxlislarni stadionga yo'naltirgan holda o'yin boshlanishiga oz fursatlar qolganida mikrafonni saytimiz xodimlariga tutamiz.

Narzulla Saydullaev (ortiqcha tarifga xojat yo'q. Saytimiz motori) - Bunyodkor" va "Nasaf" uchrashuvida mehmonlarni favorit deb o'ylayman. Uchrashuvda ko'p gol ko'ramiz deb umid qilaman. Yakunda menimcha "Nasaf" g'alaba qozonib ketadi. Sababi jamoa ayni paytda ajoyib sport formasida.

Faxriddin Ro'ziev (saytimizning eng aqlli va kamtar xodimi) - "Nasaf" murabbiy faktori tufayli 3:1 hisobida g'alaba qozonishini taxmin qilaman.

SHerzod Nurmatov (Futbol retro talqinda loyihasining 100-sonini chiqarish arafasida turgan xodimimiz) - Ikki jamoa ishtirokida chiroyli futbol ko'ramiz, deb o'ylayman. Jamoalarning oxirgi uchrashuvlardagi ko'rsatayotgan o'yinlaridan kelib chiqsak "Nasaf" poytaxtdan g'alaba bilan qaytadi. "Bunyodkor" o'z maydonida o'ynayotgani hisobiga bitta gol urishi mumkin. Taxminiy hisob 3:1, mehmonlar foydasiga.

Jahongir Fayzullaev ("Guliverning sayohatlari" kitobini hali hamon o'qiyotgan fotografimiz) - Qiziqarli va chiroyli o'yin bo'ladi. Hisob qanday bo'ladi, bilmayman. "Nasaf" g'alabasini taxmin qilaman.

Stadionda ko'rishguncha azizlar!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика