Putin Rossiya - Ispaniya o'yiniga tashrif buyuradimi?

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2018, 17:23
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hamda Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 1/8 final uchrashuviga tashrif buyurmaydi.

"Putinning ish rejasi bu bahsda tribunada bo'lishga imkon bermaydi.

Prezident qolgan muxlislar kabi Rossiyaga muxlislik qilishi aniq" - deydi prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi bahsga Ispaniya qiroli Filipp VI tashrif buyurishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com