Puyol: "Hozir murabbiy bo'lib ishlashni o'ylaganim yo'q, ammo murabbiylik kurslarida o'qiyman"
24 dek 2014 10:23
Yangiliklar


Puyol: "Hozir murabbiy bo'lib ishlashni o'ylaganim yo'q, ammo murabbiylik kurslarida o'qiyman"
"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol ayni damda o'zini murabbiylik ishi bilan shug'ullanmoqchi emas.
"Men hozircha murabbiylik ishida o'zimni sinab ko'rmoqchi emasman. Gap shundaki, bu ish insondan 24 soatlik mehnat talab qiladi. Ko'p yillik futbolchilik faoliyatimdan so'ng menga biroz erkinlik kerak. Ammo o'ylashimcha, murabbiylik kurslariga boraman. Ko'ramiz, rejalarim o'zgaradimi yo'qmi" - deydi Puyol.

Fikrlar